Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Interiorizatsiya tushunchasi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə318/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Interiorizatsiya tushunchasi. Ong va faoliyatning aloqasi g‘oyasining eng mukammal tavsifiga nemis klassik idealizmi namoyandalarining asarlarida duch kelish mumkin. Nafaqat, Fixte, balki Shelling va Gegel ham ma'naviy hodisalar sababini amaliyotda, odamlar faoliyatida izlagan. Xususan, Shelling amaliyotga, inson faoliyatiga odamzotning o‘zini o‘zi tabiatda gavdalantirishi, ya'ni ob'ektivlashtirishi sifatida yondashgan. U inson faoliyati natijasida ikki dunyo: tabiat dunyosi va inson dunyosi, ya'ni o‘zgartirilgan insoniylashtirilgan tabiat dunyosi mavjud ekanligini qayd etadi. Dunyoga nisbatan harakatda Shelling umuman ong negizini ko‘radi. Insonning insonga ta'sirini u ongning ikkinchi manbai deb hisoblaydi: aqlli mavjudotlarning tinimsiz o‘zaro ta'siri ongning zaruriy omili hisoblanadi. XX asrda psixologlar aynan faoliyat shaxsning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirish, uning qobiliyatlari, irodasi va ongini shakllantirish mexanizmi hisoblanishini tajriba o‘tkazish yo‘li bilan va ko‘p sonli etnografik va tarixiy materialga asoslangan holda ko‘rsatib berdilar. Individual va umuminsoniy rivojlanish jarayonida faoliyatning mustaqil sohasi sanalgan faollik ko‘rinishlari murakkabroq madaniy tuzilmalarga qo‘shilib, asta-sekin ong shakllariga aylangan. Sirtda birlamchi xususiyatga ega bo‘lgan faoliyat sof ichki (interiorizatsiyalashgan) xususiyat kasb etishi mumkin.
Interiorizatsiya tushunchasi faoliyatning tabiatan sirtqi jarayonlarini ichda, avvalo ongda yuz beradigan jarayonlarga o‘tishini ifodalash uchun xizmat qiladi. E.From bu tushunchaga shunday deb tavsif beradi: «Inson yomonlik qilar ekan, uning o‘zi ham yanada tubanlashadi»207[207]. Ajdodlarimiz ruhiyatining shakllanishida muhim rol o‘ynagan qadimgi madaniy institutlar (rasm-rusumlar, cherkov, o‘yin) hozirgi inson ruhiyatida o‘z-o‘zidan amal qilishini nazarda tutadigan tarixiy interiorizatsiya g‘oyasi sirtdagi harakatning shaxs ichki mulkiga aylanish mexanizmini tushuntiradigan interiorizatsiya tushunchasini to‘ldiradi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin