Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o‘tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdan-ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan. XIX asr nemis qadriyatshunosi I. Rikkert ham shunga o‘xshash fikrni quyidagicha bayon qilgan: «Odamzod olam va odam hamda hayotning qadrini anglab, ular omonat bir narsa ekanini tushuna boshlagan davrlardan falsafiy fikrlashga kirishgan. Binobarin, birinchi faylasuf, kim bo‘lganidan qat’i nazar, hayotni qadrlaydigan kishi bo‘lgani shubhasiz».
Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo‘lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro‘y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid’at va cheklanishlarga muxolif bo‘lgan hurfikrlikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo‘ldi.
«Falsafa» atamasi «filosofiya»ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u tushuncha sifatida tor va keng ma’nolarda qo‘llanadi. Xususan, keng ma’noda uni antik — qadimiy falsafada «donishmandlikni sevish» deb tushunilganini aytib o‘tdik. Ayrim faylasuflar va falsafiy oqimlar, chunonchi, ingliz faylasufi T. Gobbs (1588—1679) uni «to‘g‘ri fikrlash orqali bilishga erishish», nemis faylasufi Hegel «umuman predmetlarga fikriy yondashish», Lyudvig Feyerbax «bor narsani bilish», pragmatizm ta’limoti namoyandalari esa, «foydali narsalarni bilish jarayoni» deya talqin etgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin