Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Falsafa fanining muammolari, o‘z xususiyatlariga ko‘ra, azaliy va yoki o‘tkinchi bo‘lishi mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo‘lgan davrdayoq vujudga kelgan bo‘lib, toki odamzod mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo‘yilaveradi. Ularni o‘rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boradi.
Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o‘zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog‘liq ko‘pdan-ko‘p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi.
Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan narsaning mohiyati nimadan iborat, degan masalalar nihoyatda uzoq tarixga ega. Qadimgi Yunoniston va Rimda bu masala «Substansiya» tushunchasi va uning mazmunini qanday tushunilishiga qarab o‘ziga xos ifodalangan. Substansiya deganda olam va dunyodagi narsalarning mohiyati to‘g‘risidagi fikr tushunilgan. Yunoniston faylasufi va matematigi Pifagor hamma narsa sonlardan tashkil topgan degan bo‘lsa, Aflotun substansiya — g‘oyalardir degan, Demokrit esa, olamning asosida atomlar (atom tushunchasi o‘sha davrda bo‘linmas zarracha ma’nosida ishlatilgan) yotadi deb tushuntirgan.
Falsafa fanining bosh mavzusi bu olam va odam muammosi bo‘lib, uning asosiy muammolarini o‘rganadigan asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat.
Ontologiya – (yunoncha - borliq to‘g‘risidagi fan ta’limot). Bu talimot borliq, olam to‘g‘risidagi, insonning olamga bo‘lgan munosabati haqidagi falsafiy bilimlar sohasidir.
Gnoseologiya – (yunoncha - bilish to‘g‘risidagi talimot) bilish nazariyasi hisoblanib, olamni anglash, bilish, ilmiy bilishning darajalari (bosqichlari) shakli, usullari va imkoniyatlari to‘g‘risidagi ta’limotdir.
Aksiologiya – qadriyatlar to‘g‘risidagi ta’limot. Praksiologiya – insonning amaliy faoliyatini tadqiq etadi. Metodologiya – bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullarini o‘rganadi. Falsafiy antropologiya – inson to‘g‘risidagi ta’limot. Ijtimoiy falsafa – jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot. Etika – axloq to‘g‘risidagi ta’limot. Estetika – go‘zallik to‘g‘risidagi ta’limot. Logika – tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi.
Bu masalalarni qay tarzda hal qilinishiga qarab farqlanadigan falsafiy oqim va yo‘nalishlar ham yo‘q emas. Masalan, olamning asosida nima yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm, dualizm, plyuralizm, materializm va idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin