Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo’lish shakllari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə227/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

3. Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo’lish shakllari. Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali etarli tajribaga ega bo’lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallashga bo’lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo’lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi ma’naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko’rsatish lozim.
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash nafaqat bir davlat yoki mintaqa, balki jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilarning qoni to’kilishi, obod joylar vayron bo’lishi, aholi o’rtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo’lganlarga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda.
Hozirgi kunga kelib mintaqada, xususan, O’zbekistonda diniy-ma’rifiy sohaning rivojlanishi diniy mutaassiblik xavfining oldini olishda muhim omil bo’lib qolmoqda. Ammo g’arazli kuchlar ham o’z maqsadlariga erishish yo’lida yangi-yangi uslublarni, hiyla-nayranglarni o’ylab topishlari ham tabiiy. Bu kabi salbiy holatlarning paydo bo’lishi va rivoj topishiga yo’l qo’ymaslik esa doimiy xushyorlikni talab etadi.
Ming afsuski, diniy savodi past bo’lgan ayrim kishilar o’zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko’rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo’ygan turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib qolmoqdalar, hatto, o’zlarini qurbon qilishgacha etib bormoqdalar. Johillik ham mutaassib oqimlarning g’arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardan biriga aylandi. Mamlakatimiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan materiallardan ta’sirlanayotgan va to’g’ri yo’ldan adashayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi. O’zini portlatish orqali begunoh kishilarning halok bo’lishiga, qanchadan-qancha bolalarning etimga aylanishiga sabab bo’ladigan jafokorlik ham jaholatning o’ziga xos ko’rinishidir. Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o’ylangan strategiyaning bir qismidir. Bunday kuchlar yoshlarimiz ongi va qalbini zabt etish maqsadida har qanday qabih yo’llardan foydalanishga urinmoqda.
Respublikamizda qaror topgan tolerantlik muhitini afkor ommaga ob’ektiv ko’rsatib berish, e’tiqod erkinligi sohasida O’zbekistonda olib borilayotgan siyosatni keng targ’ib qilish, diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan targ’ib qilinayotgan vayronkor g’oyalarga qarshi islom manbalariga asoslangan ilmiy raddiyalar berish, diniy mutaassiblik tamoyillarining jamiyatga tahdidi, uning zamiridagi g’arazli geosiyosiy maqsadlar, ularni amalga oshirayotgan buzg’unchi kuchlarning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan ishlanmalar yaratish yoki ularni aholi orasida targ’ib etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin