Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə24/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan gnostisizm eramizning 150 yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostisizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostisizm g‘alaba qilsa, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo‘lib qolar edi va shunday bo‘ldi ham. 354 yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular xudo hech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so‘zining lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish», — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni inkor qilish va tasdiqlash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar — g‘ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
«Patristika»- so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G‘arbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo‘lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo‘llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
G‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo‘lgan Avreliy Avgustin (354-430) bo‘lib hisoblanadi. U faylasuf va islohiyotchi bo‘lgan. Avgustin o‘z hayotini yepiskoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga bag‘ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o‘sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Sig‘inish» 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o‘zining xristianlikkacha bo‘lgan hayotini yozadi. Muqaddas kitob «Bibliya» oyatlari ramziy — timsoliy bayon qilinadi. U mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin