Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə31/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi (XIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», transkripsiyada «toma» bo‘lib o‘zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm va e’tiqod o‘rtasida to‘la muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular bir-birini to‘ldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan haqiqat.
Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e’tiqod qo‘llanishi kerak. Lekin bu e’tiqod ko‘r-ko‘rona, shunchaki ishonch bo‘lmay, balki mantiqan teran anglangan e’tiqod bo‘lishi kerak. Xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Shunday qilib, falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir.
Neokantchilik XIX asr o‘rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant o‘z davrida qo‘ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu ta’limotga ko‘ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o‘zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson hayotidan kimdir o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari o‘zi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki jamotchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o‘z haq-huquqlarini yaxshi biladigan insonni nazarda tutadilar.
XX asrga kelib, fan va texnika taraqqiyoti bilan ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy tahlil qilishga qiziqish nihoyatda ortdi. Bu yo‘nalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga neopozitivizm, strukturalizm va germenevtika kabi falsafiy qarash namoyondalari misol bo‘ladi.
Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm G‘arbda X1X asrning 20 — yillarida paydo bo‘lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo‘la olmaydi. Falsafa — obyektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o‘rganib, tahlil qilib ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.
Kont falsafaning o‘zi mustaqil ravishda obyektiv dunyo to‘g‘risida hech qanday aniq bilimlar berishi mumkin emas, u shu paytgacha yig‘ilgan bilimlarni formal logika qonunlari asosida tahlil etishi va qayta baholashi, uni «absolyut g‘oya, ruh» to‘g‘risidagi ortiqcha fikrlardan tozalashi kerak va yangi falsafani yaratishi kerak, deb ta’lim bergan.
Neopozitivistlar verifikatsiya prinsipini ilgari suradilar (lot. Veritas — haqiqat.) ularning fikricha, faqat tajribada o‘z tasdig‘ini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum bilimlarning hammasini ham tajribada ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin emasligi tufayli bu prinsip keyinchalik inkor etildi.
Shundan so‘ng postpozitivizm (ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Bunga ko‘ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning haqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar. XX asrning 60 — 70 yillariga kelib, neopozitivizmning mavqei kamayib, asosiy o‘ringa strukturalizm va germenevtika chiqdi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin