14-mаvzu. Islom qadriyatlari
Reja:
Islom ta’limoti.
Islomning asosiy oqimlari va yo‘nalishlari.
Islomning asosiy diniy huquqiy maktablari.
Qur’on, sura va oyat tushunchalarining ma’nosi, ularning islom madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati.
Hadis tushunchasining ma’nosi, uning islom dinidagi roli va ahamiyati.
Hadislarning strukturasi va turlari. Hadislarning tasnifi.
Kalom falsafasi va fikh.
Tayanch so‘z va iboralar: ta’limot, Baqara, mazhab, halifa, shariat, ijmo, qiyos, oqim, Sunna, Shi’a.
Muhammad payg’ambar vafotidan keyin 4 ta xalifadan Abu Bakr, Umar, Usmon xoshimiylar urug’idan emas edilar. Ali esa shu urug’dan edi. Musulmonlar orasida xalifalik hokimiyatiga faqat payg’ambar avlodlari egalik qilishi lozim deb hisoblaydiganlar va aksincha hokimiyat tepasiga payg’ambar avlodi bo’lmagan kishilar, agar ular diniy jamoa tomonidan saylansa ham chiqishi mumkin degan musulmonlarga ajraldi-lar.
Sunniy yo’nalishdagi musulmonlar 7 ta aqidani tan oladilar:
yakka Allohdan boshqa xudo yo’q, u hech kimdan tug’ilmagan, hech kimni tug’dirmagan. Olamni yo’qdan yaratgan, odamlarni, barcha jonli va jonsiz narsalarni, ins-jinslarni, farishtalarni foniy va boqiy dunyolarning egasi, u hamma narsa, hodisalarni ko’rib, bilib turadi. Ungagina bo’ysunaman, uning to’g’ri yo’lidan olib borayotgan Muhammad payg’ambarga ishonaman, unga taqlid qilaman.
Farishtalarga ishonish, ularni Alloh olovdan yaratgan jonsiz, ko’zga ko’rinmaydigan ruhlar, deb tasavvur etiladi. Farishtalar Allohga itoat etadilar, uning xizmatini bajaradilar, deb ishonadilar. Masalan, farishta Azroil jon oluvchi, Jabroil farishta Allohdan Muhammad payg’ambarga xush xabar keltirgan. Munkir va Nakir degan farishtalar vafot etganlarni so’roq qilib gunoh va savobini aniqlaydi va h.k.
Muqaddas kitoblarga ishonish va ulardagi ko’rsatmalarga amal qilish. Muqaddas kitoblar: Qur’on, Hadislar, Axbor, Tavrot, Talmud, Zabur, Bibliya (Injillar), Tripitaka, vedalar va boshqalardir. Bundan Qur’on osmondan tushgan eng so’nggi, eng mukammal, haqiqat va Allohning so’zlari bitilgan «ona kitob»dir.
Payg’ambarlarga va Muhammadning Allohning elchisi ekanligiga ishonish, Alloh, er yuzidagi barcha odamlarni o’z elchisi Muhammadga vahiylar orqali boshqarib, ularni to’g’ri yo’ldan boshlab borish vazifasini payg’ambarga, undan keyin esa podsholarga yuklagan, deb tasavvur etiladi. Qur’onda Muhammad payg’ambardan boshqa yana Nuh, Ibrohim, Ishoq, Yakub, Ayub, Yunus, Muso, Xorun, Iso, Yah’yo, Maryam, Dovud, Sulaymon, Yusuf kabi payg’ambarlar to’g’risida ham gap boradi. Qur’ondagi ayrim suralar payg’ambarlar nomi bilan ham atalgan, masalan, Muhammad, Ibrohim, Yusuf kabi.
Oxiratdagi va boqiy dunyodagi hayotga ishonish. Qur’onda, oxiratda o’lganlar tiriladi, xudo ularni so’roq qilib gunohkorlar do’zaxda azob tortishga, savob ish qilganlar esa jannatda abadiy rohat-farog’atda hayot kechirishiga hukm qilishi aytiladi. Bu dunyo foniy, ya’ni o’tkinchi, aldamchi, bir lahzali, asosiy hayot esa boqiy dunyoda ekanligi ta’kidlanib, har bir kishi sabr-toqatli, insofli, adolatli bo’lib, savob amalar qilishi kerak, ana shundagina jannat hayoti unga nasib etadi, deydilar.
Inson taqdirining xudo tomonidan oldindan belgilab (peshonasiga yozib) qo’yilganligi to’g’risidagi tasavvur-lar. Bu aqidaga ko’ra xudo hamma narsalar ustidan, shu jumladan, odamlarning taqdiri ustidan ham to’la hukmronlik qiladi. Insonda xohish va iroda erkinligi yo’q bo’lib, inson faqat xudo xohlaganini, peshonasiga yozilganini ko’radi, degan g’oya ilgari suriladi. Bu aqida ijtimoiy munosabatlarga tegishli bo’lib, islom olamida ko’p tortishuvlarga sabab bo’lgan.
Islomning oxirgi aqidasi - bu o’lgandan keyin tirilishga ishonishdir. Bu aqidaning vujudga kelishida qadim dunyodagi animizm va avlodlar ruhiga sig’inish dinlarning bevosita ta’siri sezilib turadi. Islomdagi Shia musulmonlari e’tiqodi beshta aqida: tavhid (yakka xudolik), adl (adolat), nubuvvat (payg’ambarlik), imomat (imomlar hokimiyati) va qiyomat (oxirat kunining kelishi va o’lganlarning tirilishi)ni tan olishdan iborat.
IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislarni to’plash tugallangan. To’plangan hadislar hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis to’plovchi) mashhur bo’lgan. Shulardan uchtasi Markaziy Osiyo-dan chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo’lisi va mashhuri Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar) dir. U Buxoroda tug’ilib, shu erda o’z davri ilmlarini, ayniqsa, diniy bilimlarini har tomonlama o’rgangan. So’ng o’z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bog’dod, Damashq, Hijoz, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda ko’p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, hadislar to’plagan, so’ng Buxoroga qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot etgan. Uning maqabarasi hozir ta’mirlangan va ziyoratgohga aylantirilgan.
Buxoriydan bizga juda ko’p meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 20 taga yaqin katta hajmdagi asarlari mavjud. “Al-Jome’-Sahih”, “At-tarix al-Kabir”,”At-tarix as-sagir”, “Al-Adab al-Shufrad” kabilar shular jumlasiga kiradi.
“Islom olamida hazari imom Buxoriy va imom Muslim ikkalalarining ikki sahih kitobi paydo bo’lgach, olimu muhaddislar juda nozik did bilan tekshirib, bahs yuritganlaridan keyin eng ishonchli ekaniga qalblari taskin topdi. Allohning kitobi Qur’oni Karimdan keyin Islomning ikkinchi manbasi, “Eng oliy va eng sahih» manba deb shu ikki kitobni tasdiqladilar”45.
Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to’rt jildli “Al Jome’ al-Sahih” “Sahih- al-Buxoriy” nomi bilan ham ma’lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bo’lib, 3450 bobni o’z ichiga oladi. Chunki, Buxoriy 20 mingdan ortiqroq hadis to’plab, bulardan 7250 tasini mana shu kitobiga kiritgan. Buxoriy to’plamiga haqiqiy bilgan hadislarnigina kiritgan. Bu kitobdagi hadislarda inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma’naviy yuksalishi, pokligi, donoligi, yaxshi-yomonni ajrata bilishi kabi g’oyalar bayon etilgan.
Hadislarning asosiy maqsadi: do’stlik, adolat, o’zaro yaxshi munosabatlarni mustahkamlash, insonni yomonlikdan asrashdir. Ismoil Buxoriy “Sahih”ning hozir to’rttala jildi o’zbek tiliga tarjima qilinib, undan xalqimiz foydalanmoqda.
Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bo’lmish mashhur muhaddislardan biri Imom Iso at-Termiziydir (824-892 yillar). Undan “Jame’ al-kabir”, “Jome’ at-Termiziy”, “Ash-Shamoil al-Nabaviya”, “At-Tarix”, “Kitob az-Zuxd” kabi o’ndan ortiq asarlar qolgan. Termiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari “Jome’ at-Termiziy” bo’lib, unda insonparvarlik g’oyalari keng ifodalangan. O’g’irlik, zo’ra-vonlik, yolg’onchilik, ichkilikbozlik, manmanlik kabi salbiy, ahloqqa zid qusurlar qattiq tanqid qilingan.
Islomda mashhur bo’lgan muxaddislardan yana biri Abu Abdurahmon an-Nasoyidir (850-915 yillar). U Nisa (Turkmaniston) shahrida tug’ilib, horijiy sharq shahar-larida, xususan Misrda o’z bilimini oshirgan. U Falastin-ning Romla shahrida vafot etgan. Uning “at-sunai al-Kubro” kitobi mashhur bo’lgan. Qolgan yana uchta hadis yozganlar Eron va Arab mamlakatlarida edi.
Hadislar Qur’on kabi muqaddas manba sifatida musulmonlarning ta’lim-tarbiyasida, fiqh sistemasida, oilaviy tarbiyada hamon katta ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Shariat-arabcha “to’g’ri yo’l”, “ilohiy belgilab berilgan yo’l” demakdir.
Shariat - islom qonun-qoidalariga, moddiy va ma’naviy hayotning barcha sohalarida musulmonlar bajarishi lozim deb belgilangan, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqarolik, ahloqiy va diniy faoliyat va hatti-harkatlar bo’yicha qonun-qoidalar va me’yorlar majmuasidir.
Shariatning harakterli xususiyatlaridan biri shundaki, u faqat huquq va qonunchilikka xos masalalar bilan cheklanib qolmay, u ahloq va diniy marosimchilik masalalarini ham o’z ichiga oladi. Musulmonlar uchun bajarish farz, ya’ni majbur hisoblangan dasturlarni belgilab beradi va ularning diniy qonun tusiga kiritadi. Shuni hisobga olganda, shariatni faqat shartli ravishda diniy huquq tizimi deb atash mumkin.
Shariat XIII-XII asrlar davomida asta-sekin shakllandi. Qur’on, hadis (sunna), ijmo’ va qiyos shariat manbalari hisoblanadi.
Ijmo’ - diniy jamoa fikri (arabcha-ijmo’ al-umma) bo’lib, Qur’on va hadislarga asoslangan, ammo alohida vaziyat yoki shart-sharoitni hisobga olib chiqariladigan ulamolar hukmi edi.
Qiyos - kengayib ketgan, ichki nizolar kuchayib borayotgan xalifalikda shariatga asos qilib olingan to’rtinchi manba edi. Qur’on va hadislardan topilmagan ko’rsatmalar o’rniga ulamolar bergan fatvo o’tgan. Qiyos - mantiqiy taqqoslash yo’li bilan biror masala bo’yicha hukm chiqarish usulidir.
Ijmo’ bilan qiyos qabul qilingach, mahalliy va markazdagi humdorlar shariatni o’z xohish-irodalariga qo’llash imkoniyatiga ega bo’ldilar. Natijada islomning Muhammad payg’ambar davridagi ko’p talablari buzildi. Islomga bid’at hisoblangan yangiliklar kirib qolgan. Keyingi vaqtlarda vahhobiylar “islomni tozalash”ni talab qilmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |