Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar tasnifi Reja


Hayotning mazmuni va insonning vazifasi



Yüklə 81,08 Kb.
səhifə11/12
tarix19.12.2023
ölçüsü81,08 Kb.
#186341
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Falsafa

Hayotning mazmuni va insonning vazifasi. Inson hayotning tezoqarligini yodda tutishi, uning shomini kuzatishi, odamzot hayotining bebaholigi haqida o‘ylashi, o‘lim haq ekanligini unutmasligi lozimligi haqidagi fikrlarga biz falsafa fani shakllanish jarayonining ilk bosqichidayoq, G‘arb falsafiy an’anasida ham, Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. Shundan beri o‘tgan ikki yarim ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida bu borada deyarli hech qanday o‘zgarish yuz bergani yo‘q, zero, avvalgidek, odamzotning hayot yo‘li tug‘ilish va o‘lish sanalari bilan chegaralanadi. Shuningdek, birinchi sana doim muayyan, aniq bo‘lsa, ikkinchi sana inson umrining oxirgi soniyalarigacha mavhum bo‘lib qoladi.
Ayni shu sababli hayotning mazmuni muammosi har bir inson qarshisida ertami-kechmi ko‘ndalang bo‘ladi va u o‘ziga aniq va uzil-kesil javob topish mumkin bo‘lmagan savollarni beradi. «Bu dunyoda nima uchun yashayapman?», deb so‘raydi o‘zidan inson va agar bu savolga o‘zi javob bermasa, o‘z hayotiga muayyan mazmun baxsh etmasa, bu ishni uning o‘rniga hech kim va hech qachon bajarmasligini vaqt o‘tishi bilan anglay boshlaydi. Abadiyat qarshisida, o‘lim qarshisida har kim oxir-oqibatda o‘zi bilan o‘zi tanho qoladi.
Albatta, jamiyatda inson o‘zini bu darajada yolg‘iz his etmaydi, biroq, ekzistensialistlar fikriga ko‘ra, bu hol toki inson boshqalarning ham o‘z hayoti borligi va ular ham o‘z hayotining mazmuni va o‘zining vazifasi haqidagi shaxsiy muammolarni mustaqil yechish zaruriyati qarshisida turganini anglab yetgunga qadar davom etadi.
Bundan ekzistensializm falsafasida yolg‘izlik muammosi kelib chiqadi. Aslida, mazkur muammo falsafiy antropologiyada ham inson borlig‘i tahlilidagi bosh muammolardan biri hisoblanadi.
Hayotni tark etish bosqichlari. Biologik mavjudot sifatida har bir inson o‘limga mahkumdir. Buni qadimgi mutafakkirlar ham yaxshi tushungan. Xususan, o‘z muxoliflaridan birining: «O‘ttiz tiran seni o‘limga hukm etdi», degan gapiga Suqrot: «Ularni esa o‘limga tabiat hukm etgan», deb javob bergan. Ammo odamzot ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘limga mahkumdir.
Hozirgi zamon fanida o‘lish jarayonining to‘rt bosqichi farqlanadi. Bu bosqichlarga organizmda yuz beradigan va uning qarishini tavsiflaydigan orqaga qaytarib bo‘lmaydigan biologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.
Xususan, 25 yoshdan boshlab va ayniqsa 45 yoshdan keyin insonda har kuni u tug‘ilgan paytga qadar «jamlangan» va boshqa hech qachon yangilanmaydigan o‘n minglab nerv hujayralari (neyronlar) halok bo‘ladi. Ammo bosh miya qobig‘ida bunday hujayralar soni 40 milliardga yetadi va shu sababli «qariyotgan normal miya uchun bu jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lmaydi, chunki unda yana o‘n milliardlab neyronlar normal faoliyat ko‘rsatishda davom etadi»17.
Amalda insonning hayotni tark etishi u odamlardan o‘zini olib qochib, jamiyatdan uzoqlashishi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy o‘lim yuz berganida boshlanadi. Surunkali giyohvand moddalarini iste’mol qilish, kashandalik, ichkilikbozlik, o‘z hayotidan doimiy norozilik ijtimoiy o‘limni bildiradi. So‘ngra ruhiy o‘lim yuz beradi, bunda inson hayot tugagani va o‘limning muqarrar ekanligini va o‘z hayoti davomida hech narsaga erisha olmaganini anglaydi. Miya o‘lishi bilan bosh miya faoliyati butunlay to‘xtaydi, organizmning turli funksiyalarini boshqarish barham topadi. Bu jarayon fiziologik o‘lim bilan yakunlanadi. Bunda insonning uni tirik organizm sifatida tavsiflovchi barcha funksiyalari uzil-kesil to‘xtaydi.
Muayyan inson o‘z hayoti so‘nishining yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlarini anglamasligi ham mumkin (aksariyat hollarda shunday bo‘ladi), ammo u o‘z hayot yo‘lidan ilgarilar ekan, bu dunyoda nima uchun yashayapman, degan savolga o‘z harakatlari, qilmishlari bilan javob beradi. Agar inson ularni hali to‘la anglab yetmagan bo‘lsa, mazkur vazifani yechish o‘z hayot yo‘lini endigina tanlayotgan odam uchun ham, umrining shomida ortga nazar tashlab, o‘z hayotini sarhisob qilayotgan odam uchun ham teng darajada mushkul ish bo‘lib qoladi.

Yüklə 81,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin