Raqamli sivilizatsiya sharoitida yoshlar dunyoqarashida axboriy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishda falsafaning ahamiyati
1900 yilda Fransiyada birinchi marotaba Jahon falsafa kongressi o’tkazilgan.
1948 yildan boshlab uni har 5 yilda bir marta o’tkazish an’anaga aylangan.
1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo’lib o’tgan XX jahon falsafa kongressi “Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag’ishlangan bo’lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o’tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo’lmish Koreya Respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo’lib o’tdi.
2002 yildan boshlab Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida “Jahon falsafa kuni” o’tkaziladi.