Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 105,42 Kb.
səhifə12/38
tarix15.06.2023
ölçüsü105,42 Kb.
#131017
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
1-мавзу.Маърўза матни

Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yig‘ma) ma’nodagi fan –bu butun inson faoliyati sohasi bo‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan ko‘pincha ayni shu kontekstda qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no yuklanadi. Bu yerda fanga aniq ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu obyekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha bo‘lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo‘lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni yechishda foydalaniladigan ma’lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada tegishli bo‘limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Sharq – qadimiy madaniyat o‘chog‘i. Sharq Qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. G‘arb madaniyati tarixini o‘rganish jarayonida Yevropotsentrizm nazariyasiga og‘ib ketish g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi masalaning Sharq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bulgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatan im iz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil yea insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida “Eng qadimgi tarix” darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo‘lganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o‘ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko‘hna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o‘troq hayot va o‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot
fanlari rivoji bilan bog‘liq ekanini, ikkinchi yo‘nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog‘liqbo‘lganini ko‘rsatadi. Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o‘rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu — o‘sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u — davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo‘lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izox,lanishiga sabab bo‘lgan.
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo‘lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga,odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko‘nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o‘sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo‘q edi. Bu — o‘sha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, “Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati”, “Arfist qo‘shig‘i” , “O‘z hayotidan hafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati” kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularda hayotning, umrning mazmuni, o‘sha davrdagi odamlargaxos tuyg‘ular bayon qilingan.
Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini mutlaqlashtirish xususiyati ustuvor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo‘lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan Umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha sivilizatsiyalarga xos deyish mumkin.
Xindiston falsafasi.Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — “Veda’’larda o‘z aksini topgan. “Veda”lar eramizdan bir yarim ming yil
oldin yozilgan bo‘lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular “Veda:’ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so‘zlar deb biladi. “Veda”da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. “Veda”lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — “Rigveda”, “Samaveda”, “Yajurveda”, “Adxarvaveda”dir.
Hind falsafasi asoslari “Upanishadalar” nomi bilan mashhur bo‘lgan manbalarda ham o‘z aksini topgan. “Upanishadalar” sirli bilim degan ma’noni anglatib, “Veda”larning falsafiy qismini tashkil etadi. “Upanishadalar” yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. “Upanishadalar”dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borlik, uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq meyorlari haqidadi.?Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Qadimgi hind falsafiy maktablari ikki guruhga bo‘linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari “Veda”ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun “Veda”ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, “Veda” haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo‘lishiga qaramay, ular ham “Veda”ning muqaddasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo‘lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo‘nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng mikdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular kuyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bulmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” asarida atroflicha fikr yuritgan

Yüklə 105,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin