Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 105,42 Kb.
səhifə20/38
tarix15.06.2023
ölçüsü105,42 Kb.
#131017
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
1-мавзу.Маърўза матни

Bahouddin Naqshband asos solgan so‘fiylik ta'limotining nazariy asoslaridan birini Xudo, dunyo va insonning o‘zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so‘fiylarni ikki yo‘nalish – teistik va panteistik yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e'tirof etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e'lon qilingan bo‘lsa, so‘fiylar ta'limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta'limot panteistik deb hisoblangan30.
Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga intilishda ko‘rgan va Haqiqat (Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim – tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur'oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy qonun-qoidalar to‘plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan o‘tishi, Allohni anglash va u bilan birikish uchun qanday to‘siqlarni yengishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish jarayonida shariatdan tariqatga o‘tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatni o‘zlashtirish va uning talablarini bajarish orqali Haqiqat yo‘lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin.
So‘fizmda mistik bilish zamirida «O‘zini bilgan odam o‘z Allohini biladi» degan tamoyil yotadi. O‘zini o‘zi bilish orqali Allohni bilish maqsadga erishishning eng qisqa yo‘lidir. Bahouddin Naqshband yaratgan ta'limotning asosida «Dil ba yor-u, dast ba kor», ya'ni «Ko‘ngil yorda, qo‘l – ishda», degan shior yotadi.
Xulosalar. Sharq falsafasida o‘z tafakkur uslubida bilimlarni ifodalash va o‘zlashtirishning o‘z mexanizmlari va shakllari, bilim va haqiqatga eltuvchi yo‘lni yorituvchi o‘z mo‘ljallari mavjud. Sharq ta'limotlari va tafakkur uslubini Sharq amaliyoti va tajribasidan olingan o‘ziga xos usullar va metodlar yordamida tushunish va ichdan anglab yetish mumkin.
XX-XXI asr o‘zbek falsafasi. XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli davrni qamrab oladi. Chunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo‘lmagan, u davrda intellektual hayot o‘lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba'zi mardlargina o‘zlarining g‘oya va qarashlarini ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri. Chunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati “jamiyatni ma'rifat orqali yangilash” g‘oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga o‘qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar.
Shu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g‘alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab qolgan emas.
Falsafaning fidoyilari yangi qaror topgan siyosiy tizimda yashash, ishlash va juda ko‘p sinovlardan o‘tishlari lozim bo‘ldi. Ayrim ziyolilar chet elga qochib ketdilar, ko‘pchilikda esa marksizm g‘oyasining haqiqiy insonparvarligiga qat'iy ishonch shakllandi va shu bois, shu yo‘nalishda faoliyat olib bordilar. Biroq muayyan darajada sovet mafkurasi ta'siri bo‘lsada, o‘tgan asrda o‘zbek falsafasi to‘rt yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining falsafa va huquq instituti, viloyatlar oliy o‘quv yurtlari falsafa bo‘limlari, O‘zbekiston falsafa jamiyati va O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyatida namoyon bo‘ldi va olimlar o‘z falsafiy qarashlarida inson omilining ma'naviy ruhini ifoda eta oldilar. Darhaqiqat, I.A.Karimov aytganlaridek, “Odam qancha chuqur bilimga ega bo‘lsa, dunyoni yaxshi bilsa, yon atrofda bo‘layotgan voqyealarni to‘g‘ri anglay olsa, shundan keyingina unda g‘urur-iftixor bo‘ladi. Shundagina, juda murakkab, tahlikali davlarda ham ko‘pchilik unga murojaat qilib, maslahatlashadi. Maslahat kimdan so‘raladi – avvalombor, salohiyatli odamdan, katta falsafiy bilim va intellektual bilimga ega bo‘lgan kishidan.”31. Shunday ekan, O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlarni tushunishda va ularning mohiyatini tushuntirishda yurtimiz faylasuf-olimlarining xizmati ham katta.
O‘zbekistonFanlarAkademiyasiningakademikE.Yu. Yusupov, professorlarM.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar 1980-2005 yillardaO‘zbekistonningijtimoiyijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy - madaniytaraqqiyotiningfalsafiymuammolaribo‘yichailmiyitadqiqotishlariolibborishbilanbirga, darslikvao‘quvqo‘llanmalariyozganlar, yoshkadrlarnitayyorlashgao‘zlariningmunosibhissasiniqo‘shganlar. Shu yillar davomida J.Babaevning “Falsafa asoslari” o‘quv qo‘llanmasi, E.Yusupovning tahririda “Falsafa” (1985) darsligi, I.Raximovning “Mantiq fanidan seminar mashg‘ulotlari” (1984) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan.
Ontologiya bilish nazariyasi, tabiatshunoslik falsafasi, fan metodologiyasi bo‘yicha Jondor Tulenov, Bahrom Ismoilov, Omonulla Fayzullaev kabilar boshlagan an'analarni, Mahbuba Abdullaeva, Baxtiyor Karimov, Baxtiyor To‘raev, Ra'no Imomalieva, E'tibor Hoshimova, Shuhrat Qo‘shoqov, Hakim aSalomova, Oqil Fayziev, Ziyodullo Davronov, Nigina Shermuxamedova, Alima Berdimurodova, Nariman Eshmetov, Shavkat Mamadaliev, Karima Tulenova, Emina Izzetova va boshqalar davom ettirmoqdalar.

Yüklə 105,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin