Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 105,42 Kb.
səhifə31/38
tarix15.06.2023
ölçüsü105,42 Kb.
#131017
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
1-мавзу.Маърўза матни

Gotfrid Vilgelm Leybnits (nemis olimi va faylasufi 1646-1716) substansiya tushunchasiga faol kuch yoki «tashabbuskorlik» tamoyilini kiritgan. O‘zining «Monadologiya» asarida u moddiy hodisalarni bo‘linmas, sodda ma'naviy birliklar – monadalarning namoyon bo‘lishi deb e'lon qilgan. Bo‘linmas monada ko‘lamlilik xususiyatiga ega emas va makonda joylashmaydi, chunki makon cheksiz darajada bo‘linuvchandir. Monada – faol kuchning nomoddiy, ma'naviy markazi. Monadalar umrboqiy va yo‘q bo‘lmasdir, ular tabiiy yo‘l bilan vujudga kelishi yoki halok bo‘lishi mumkin emas. Ular tashqi ta'sir ostida ham o‘zgarmaydi. Har qanday ayrim monada –jon va tananing birligi. Monada ma'naviy mohiyatining tashqi ifodasi sondir.
Faoliyat, harakat – monadaning xossasi. Leybnits tabiatni mexanika qonunlari bilangina tushuntirish mumkin emas, shu bois, maqsad tushunchasini ham kiritish lozim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, har bir monada o‘zining barcha harakatlari asosi va ayni zamonda ularning maqsadidir. Jon – jismning maqsadi, ya'ni u erishishga harakat qiluvchi mo‘ljal.
Leybnits monadalarni uch toifaga ajratadi: hayot monadalari, jon monadalari va ruh monadalari. Shundan kelib chiqib u barcha murakkab substansiyalarni uch guruhga ajratadi: hayot monadalaridan noorganik tabiat vujudga keladi; jon monadalaridan hayvonlar yaraladi; ruh monadalaridan odamlar paydo bo‘ladi.
Leybnits falsafasida ratsionalizm va empirizmning uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. «Inson aqli haqida yangi tajribalar» asarida u Lokkning ilgari sezgilarda mavjud bo‘lmagan narsa aqlda mavjud emas, aqlning o‘zi bundan mustasno, degan tezisini tanqid qiladi. Barcha haqiqatlarni u zaruriy haqiqatlar (aql haqiqatlari) va tasodifiy haqiqatlar (fakt haqiqatlari)ga ajratadi. Aql haqiqatlari qatoriga Leybnits substansiya, borliq, sabab, harakat, ayniyat tushunchalarini, mantiq tamoyillari, matematika tamoyillari va axloqiy tamoyillarni kiritadi. Uning fikricha, bu haqiqatlar manbai faqat aqldir.
Jon Lokk (ingliz faylasufi 1632-1704) cubstansiya tushunchasini tahlil qilishga nisbatan gnoseologik yondashuvga asos solgan. U g‘oyalar va tushunchalarning manbai tashqi dunyo, moddiy narsalardir, degan tezisni isbotlashga harakat qilgan. Uning fikricha, moddiy jismlarga sof miqdor xususiyatlarigina xos. Materiya sifat jihatidan rang-barang emas: moddiy jismlar bir-biridan kattaligi, shakl-shamoyili, harakati va osoyishtaligi bilangina ajralib turadigan «birlamchi sifatlar»dir. «Ikkilamchi sifatlar» esa - hid, ovoz, rang, ta'm. Ular narsalar bilan uzviy bo‘lib tuyuladi, lekin amalda bunday emas: narsalarda bunday sifatlar yo‘q. Ular, Lokk fikriga ko‘ra, sub'ektda «birlamchi sifatlar» ta'sirida vujudga keladi.

Yüklə 105,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin