Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 105,42 Kb.
səhifə32/38
tarix15.06.2023
ölçüsü105,42 Kb.
#131017
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
1-мавзу.Маърўза матни

Jorj Berkli (ingliz faylasufi, yepiskop har 1685-1753) materializm, ateizm va deizmga ochiq-oydin qarshi chiqqan, har qanday sifatning ob'ektiv asosini rad etgan va amalda ularni inson sezgilariga tenglashtirgan. Berkli fikriga ko‘ra, amalda avvalo «jonlar», ularni yaratgan Xudo, shuningdek Xudo odamlar joniga joylagan «g‘oyalar» yoki sezgilar mavjud. Berkli tashqi dunyodagi ob'ektivlikni sub'ektivlik bilan bog‘laydi: u barcha narsalarni sezgilarning «uyg‘unligi» da ko‘radi. Berkli uchun idrok etish mumkin bo‘lgan narsalargina mavjud, barcha narsalar Xudoning aqlida zohirdir.
Devid Yum (ingliz faylasufi 1711-1776) ham, J.Berkli kabi, substansiyaning materialistik talqiniga qarshi chiqib, ontologiya muammolarini yechishga harakat qilgan. U moddiy va ma'naviy substansiyaning amalda mavjudligini inkor etgan, lekin substansiya «g‘oyasi» mavjud, deb hisoblagan. Substansiya «g‘oyasi» deganda u ilmiy bilimga emas, balki oddiy bilimga xos bo‘lgan inson «idroklari majmui»ni tushungan.
Xullas, yangi davr falsafasi bilish nazariyasi (gnoseologiya)ning rivojlanishida ulkan qadam tashladi. Falsafa ilmiy metodi, insonning tashqi dunyoni bilish metodologiyasi, tashqi va ichki tajriba aloqalari bosh muammolarga aylandi. Olinayotgan barcha bilimlar tizimining o‘zagi hisoblangan haqqoniy bilimni olish vazifasi qo‘yildi. Bu vazifani hal qilishning turli yo‘llarini tanlash gnoseologiyaning ikki asosiy yo‘nalishi – empirizm va ratsionalizm paydo bo‘lishini belgiladi.
XVIII asr yevropa falsafasining ma'rifiy xususiyati. yevropada XVIII asr falsafasi XVII asr g‘oyalarini davom ettiradi va rivojlantiradi. Bu davrda falsafiy tafakkur fan va ijtimoiy amaliyot sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtiradi. Falsafiy g‘oyalar yanada kengroq targ‘ib qilinadi, chunki XVII asrda falsafiy asarlar faqat lotin tilida yozilgan va ular bilan tanishish imkoniyatiga ega kishilar doirasi ancha tor bo‘lgan; XVIII asrda faylasuflarning asarlari ular qaysi mamlakatda yashasa, shu mamlakat tilida yozilgan va nashr etilgan.
XVIII asr falsafasida tabiat hodisalarini tushuntirishga nisbatan qarashlarda materializm sezilarli darajada rivojlanadi. Fransuz materializmi tarixiy ahamiyat kasb etadi: u o‘rta asrlar sxolastikasiga qarshi chiqibgina qolmasdan, balki o‘z dunyoqarashi va dunyoviy manfaatlarini ham asoslashga harakat qiladi.
Albatta, XVIII asr falsafasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: unda materialistik dunyoqarash mo‘ljallari ham, idealistik dunyoqarash mo‘ljallari ham, ateistik va deistik qarashlar ham mavjud. Aksariyat hollarda idealizm va materializm, din va fan yonma-yon turadi.
Shuni qayd etish lozimki, XVIII asr falsafasi avvalo ma'rifat falsafasi sifatida rivojlangan; qomuslar va lug‘atlar, pamfletlar va boshqa nashrlarda ilmiy va falsafiy g‘oyalar keng ommaga tushunarli tarzda atroflicha bayon etilgan.
Ma'rifat davri falsafasiga P.Gassendi (1592-1655) asarlari, uning atomistik materializmi, Epikur g‘oyalari, etikasi, sxolastikaning tanqidi, R.Dekart, P.Beyl (1647-1706) asarlaridagi diniy dogmatizmning tanqidi zamin yaratdi.
XVII-XVIII asrlar yevropa falsafasiga ingliz ma'rifatchilari J.Lokk va D.Yum, XVII asr nemis ma'rifatchisi G.Leybnits, shuningdek buyuk olim I.Nyuton falsafasi ham kuchli ta'sir ko‘rsatdi. XVIII asr Ma'rifat falsafasida ikki yo‘nalish: Volter, Russo, Volf, Monteske va boshqalarning deistik materializmi hamda Mele, Didro, Golbax, Gelvetsiy, Lametri kabi olimlarning asarlarida Nyuton, Galiley, Dekartning materialistik tabiatshunosligi negizida deizm nazariy asoslarining tanqidi farqlanadi.

Yüklə 105,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin