Falsafiy qonunlar va kategoriyalar


Sistema, struktura, element



Yüklə 306,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix10.04.2023
ölçüsü306,38 Kb.
#95495
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar

Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan bo‘lib hisoblanadi. 
Sistema - grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma'nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan 
birikma, degan ma'nolarni anglatadi. 
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy 
munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy 
faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga 


14 
keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra 
turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati 
sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob'ektiv qonuniyatlarini 
o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya'ni, insonning ob'ektiv 
reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari 
samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan 
xarakterlanadi. 
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli 
tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va 
munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta'minlaydigan sistemaning mavjudlik 
holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan ma'noni anglatib), sistemani 
tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi 
mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani 
tashkil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish 
istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga 
qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning o‘zaro ichki 
munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular 
umumlashgan xolda, moddiy olamning ob'ektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham, 
moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan 
elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» 
va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin. 
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat 
jihatlarini ta'minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy 
munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit 
sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, 
tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. Ya'ni, jamiyatning axloqiy
huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z 
navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning 
funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. 
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va muhim 
bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. 
Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra, 
o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek, 
turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar va 
ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, konkret makon va zamonda 


15 
sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar 
vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya'ni, sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan 
muhim element, ma'lum vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha 
bo‘lishi mumkin. 
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning 
mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi. 

Yüklə 306,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin