Imkoniyat va voqyelik - falsafaning muhim kategoriyalaridir.
Imkoniyat narsa va
hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta'minlaydigan, muayyan
qonuniyatlarga asoslanadi.
Voqyelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning
namoyon bo‘lishidir. Imkoniyat
va voqyelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy
tamoyillariga ko‘ra, boshqa kategoriyalar bilan bog‘liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini
ifodalaydi va ularning
rivojlanish shart-sharoitlarini,
sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida
mujassamlashtirgan.Imkoniyatning voqyelikka aylanishi qonuniy hodisadir.
Uning real, formal,
mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin
demokratik huquqiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar
I.A. Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko‘rsatib berildi.
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik kerak. Shart-sharoitlar
oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga ta'sir qiladigan omillar majmuasidan iborat.
Mavjud voqelik tarixiy genezisiga ko‘ra, o‘zida boshqa voqyelikning
imkoniyatlarini
mujasamlashtirgan bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichi real voqyelik
sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kаrimov I.А. Yuksаk mа’nаviyat – yengilmаs kuch. –T.: Mа’nаviyat, 2008. -176.
2. Kаrimov I.А. BMT Sаmmitining mingyillik rivojlаnish mаqsаdlаrigа bаg‘ishlаngаn yalpi
mаjlisdаgi nutqi.-T.: O‘zbekiston, 2010.
3. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O'zbekiston,2011.
4. 12. Karimov I.A. “Tarixiy xotira va inson omili-buyuk kelajagimizning garovidir”.- T. :
“O'zbekiston”, 2012 y
5. I.A.Karimovning
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
20
yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.- 7-dekabr.-T.: O‘zbekiston, 2012
6. Fаlsаfа аsoslаri. Nаzаrov Q. tаhriri ostidа. –T.: SHаrq, 2005.
7. Shermuxаmedovа N.А. Gnoseologiya-Bilish nаzаriyasi. –T.:Noshir, 2011
8. Nаzаrov Q. G‘oyalаr fаlsаfаsi.-T.: Аkаdemiya, 2011.
9. Shermuxamedova N. Falsafa.-T.: T.:Noshir, 2012