10
eskining qobig‘ida asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham ko‘p
hollarda eskidan yangiga
o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi
va rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski o‘rtasida vorislik mavjuddir. Inkorni
inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va qaytariluvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik
inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y berayotgan hodisalar
mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan
o‘zgarishlar hamma narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu —
xalqimiz
taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma'naviy yutuqlarni saqlab qolib,
ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili Islom
Karimovning
yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosasida yaqqol
o‘z asosini topgan.
Har qanday fanning o‘ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo‘ladi. Masalan,
fizikada fizik qonunlar, og‘irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko‘p duch kelish mumkin.
Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan
bog‘langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va hokazo. Matematikani esa Pifagor,
al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Xuddi shunday falsafaning fanlik
maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni
o‘rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur.
An'anaviy tavsiflarga ko‘ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi
jarayonidagi
eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o‘zaro
bog‘lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini ko‘rib o‘tdik. Endi
kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik.
Dostları ilə paylaş: