7
etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda
etadi.
Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq
qiladi.
Miqdor predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi
va shu kabilar bilan
tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. Chunonchi,
suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum
boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, mehnat
unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan ham farq qiladi. Har qanday narsa miqdor va sifat
birligiga ega. Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo‘lgan, ya'ni sifati bo‘lib miqdori,
miqdori bo‘lib
aksincha, sifati bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi
me'yor tushunchasida ifodalanadi.
Me'yorning buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xosdir. Miqdor o‘zgarishlari
bilan sifat o‘zgarishlari o‘rtasida qat'iy qonuniyat mavjud bo‘lib, bu qonuniyat quyidagicha
ifodalanadi: miqdoriy o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan
tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat
o‘zgarishlariga o‘tishi sodir bo‘ladi. Olamdagi barcha o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘ladigan
miqdor o‘zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishlari
muayyan chegarada sifatning
barqarorligiga ta'sir etmaydi. Miqdoriy o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning
barqarorligi buziladi. Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Taraqqiyot jarayonida
miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor
o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro
chambarchas
bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xusussiyatlarga ham ega. Chunonchi:
- birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar sifatining nisbiy
barqarorligi davrida ham miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat o‘zgarishlariga o‘tish
faqat ma'lum bir davrda boshlanadi;
- ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma'lum vaqtgacha narsalarga muhim ta'sir
ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuqlik holatini yo‘qotmaydi, keyin
esa bug‘ga aylanadi, sifatini o‘zgartiradi. Demak, sifat o‘zgarishlari
hodisalarni tubdan
o‘zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo qiladi;
- uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi va ko‘p hollarda sezilmasdan
o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha tez, ayrim holatda to‘satdan sodir bo‘ladi;
- to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qaraganda tub o‘zgarish bo‘lib
hisoblanadi.