9
O‘zgarish
va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili nihoyatda
muhim. Bunda
vorislik - eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi
inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi.
Mazkur qonunga muvofiq ob'ektiv voqyelikdagi narsa va
hodisalarning rivojlanishi
jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq, aksariyat hollarda,
eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q», so‘zi bilan qo‘shilib ketadi, inkor qilmoq —
«yo‘q» demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada
inkor kundalik ongda
ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri «yo‘q»
degani emas, ya'ni narsani mavjud emas, deb e'lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan
yo‘qotib tashlamoq emas.
Dostları ilə paylaş: