6
Qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni
ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko‘p
hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me'yoriy o‘zgarishlar
tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma'noda
ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan
abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko‘proq
e'tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar
to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol
qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bo‘libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat
va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo‘lgan,
kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan,
barqarorlik ustuvor bo‘lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.
Anu shunday intilishlar fanda
«Konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos- ta'limot) deb
ataladigan falsafiy yo‘nalish paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim
va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki
ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida bosh
qotirishadi.Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan
ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman bo‘lganligi uchun
ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo‘lmagan
ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq bo‘lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki
amalda, hayotda ular bir-biriga o‘tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: