«butun borliq birlikda va o‘zgarmaslikda, u hech qachon tug‘ilmagan, u azaliy sharsimon ko‘rinishda».
«Agarda buqalar, otlar va sherlar inson kabi aqllariga ega bo‘lganlarida edi, unda insonlarga o‘xshab tasviriy san'at asarlarini yaratishlari mumkin edi. Otlar o‘z xudolarini otlarta, buqalar esa xudolarini buqalarga o‘xshatib chizardilar hamda ularning jismiy tuzilishini o‘zlarining jismiy tuzilishlariga o‘xshatardilar».
Parmenid (er. avv. 540—480 yy.)
Borliq harakatsiz bo‘lib, yo‘qsizlikning o‘zi yo‘q.
«Fikr doimo jism haqidagi fikrdir. Fikr o‘z jismidan (predmetidan), ya'ni borlig‘idan ajralgan holda bo‘lishi mumkin emas. Fikr bu borliq demakdir. Borliq to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, qandaydir mazmunda fikrning mavjud ekanligini anglaymiz. Yo‘qlik ta'risidagi fikrning mavjudligi o‘zi borliqdir, fikr mavjud ekan, demak, u borliqqa ega, har holda yo‘qlik to‘g‘risidagi fikr mavjudku!»
Zenon (er. avv. 490—430 yy.)
U borliqning birligi va harakatsizligini isbot qilmoqchi bo‘lgan
Agar makonga ega bo‘lgan ko‘lamda jism cheksiz bo‘lsayu, vaqt cheklangan bo‘lsa, u holda harakat boshlanmaydi. Cheklangan vaqt mobaynida cheksiz makonni yoki cheksiz makonning har biri alohida olingan qismini egallab bo‘lmaydi.
Harakatlanuvchi jism butun masofani bosib o‘tishdan oldin hayolan uning yarmisini o‘tishi kerak. Masofaning yarmini o‘tishi uchun u yarmining yarmisini o‘tishi lozim. Bu holat cheksiz ravishda qaytarilaveradi, chunki makon cheksiz bo‘linuvchan ekan, so‘nggi bo‘linmas qismga erishish mumkin emas. Xulosa shuki, harakat cheksiz borliqning tabiatiga mos kelmaydi.
Anaksagor (er. avv. 500 - 428 yy.)
Dunyo dastavval harakatsiz qotishmadan iborat bo‘lib, eng kichik zarrachalardan («urug‘lar») tashkil topgan ediki, unga aql (nus) harakat bag‘ishlagan.
Aql haqidagi ta'limoti faoliyatsiz moddaga harakat manbasini keskin qarama-qarshi qo‘yganligini bildirar edi.
Bu narsa falsafiy fikrning kelgusi rivojiga (yangi zamon falsafasining «birinchi turtki» g‘oyasi) sezilarli ta'sir ko‘rsatdi.