Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi


Empedokl (er. avv. 484-424 gg. yy.)



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə5/14
tarix09.10.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#153326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3-мавзу Ғарб фалсафаси лотин 2. (2)

Empedokl (er. avv. 484-424 gg. yy.)

  • Barcha narsalar asosida birlamchi to‘rt unsur («barcha ashyolarning o‘zagi»): olov, havo, tuproq va suvni ko‘rdi.
  • Barcha ashyolar miqdor va sifat jihatdan o‘zgarmaydigan, turli mutanosiblikda bir-biri bilan qo‘shilgan to‘rt unsurdan tashkil topganlar.
  • Moddaning harakati koinotdagi boshlang‘ich tartibsizlikni bartaraf qilgan va uni o‘zini uyushtirgan va uning aqlidan tashqarida bo‘lgan narsa sifatida ifodalanadi.

Atomistlar –ushbu falsafa maktabi namoyondalari (Demokrit, Levkipp) olamning boshlang‘ich asosi mayda zarrachalar-atomlardir deb hisoblaganlar. (Falsafada Demokrit yo‘nalishi Platonning yo‘nalishiga qarama - qarshidir).
Demokrit ta'limotining asosi
Butun moddiy olam atomlardan tashkil topgan;
Atom-mayda zarra, «olamning boshlang‘ich asosi»;
Atom bo‘linmas (bu g‘oya faqat bizning zamondoshlarimiz tomonidan inkor qilingan);
Atomlar turli hajmga (eng mayda, eng yirik) turli shaklga ega (egri, qalqonsimon, aylana, uzunchoq va h.k.).
Atomlar orasida bo‘shliq bilan to‘ldirilgan makon mavjud;
Atomlar abadiy harakatda;
Atomlar xaosda harakat qiladi; narsalar, tirik organizmlarda mavjud bo‘ladi, bo‘linadi, so‘ngra bu atomlardan yangi tirik organizmlar va moddiy olam predmetlari paydo bo‘ladi;
Atomlarni hissiy bilish orqali «ko‘rish» mumkin emas.
Sofistlar
Safarda kezib yurib, pul ishlash maqsadida donishmandlik va notiqlik ilmidan dars beruvchi o‘qituvchi-sofist -kasbiy bilimlar olish jarayoni zaruriyatining tabiiy natijasi edi.
Sofistlar ta'limoti tug‘ilishining boshqa bir sababi - bilimlarning o‘zini mantiqiy rivoji edi. O‘zining asosiga ko‘ra, aqliy mushohadaga tayangan tabiatni o‘rganuvchi faylasuflarining hamma narsani qamrab oluvchi koinot to‘g‘risidagi ta'limotlari juda bo‘sh va omonat asosga qurilgan edi.
Sofistlar faoliyati xususiyatining o‘zi bunga imkon bergan edi, chunki ular har qanday nuqtai nazarni himoya qilishga o‘rgatar edilar. Bunday ta'limotning asosida mutlaq haqiqat va ob'ektiv qadriyatlarning yo‘qligi haqidagi ta'limoti yotar edi.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin