Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo‘lgan patristika paydo bo‘ldiki, uning mualliflari bid'atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo‘shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko‘tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar
Avreliy Avgustin «Cherkov otalari» ning eng yirigi (354-430) edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo‘lib, eng oliy ezgulikdir. Inson esa o‘zida tabiatning moddiy jismlarini –o‘simliklar va hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir.
Sxolastikani tizimga solishda dominikanlar Ordenining vakili Akvinalik Foma (1225-1274) muhim hissa qo‘shdi. U o‘ziga maqsad qilib xristianlik aqidalarini aqlga muvofiq ravishda ishlab chiqishga bel bog‘ladi.
Yakka ko‘rinishdagi hodisalar dunyosi, Akvinalik Foma nuqtai nazaricha shaklning birinchi qoidasi va moddaning qo‘shilishidan tug‘iladi. Insonning ruhi esa, shakl tashkil qiluvchi qoida bo‘lib, o‘zining yakka tarzda namoyon bo‘lishini faqat badan bilan qo‘shilgan holatdagina qo‘lga kiritadi.
3. Uyg‘onish davri falsafasi. (J.Buruno, N.Kopernik)
Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) ta'limotida inson bilimining kuch-qudrati ta'kidlandi; insonning o‘zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir») vositasida qandaydir xudoga o‘xshash ekanligiga ishora qilindi. Kuzanskiyning faoliyatida dialektika unsurlarini ham topish mumkin.
Uyg‘onish davri falsafasining xususiyatlari
Nikolay Kopernikning (1473-1543) «Samoviy doiralarning aylanishi haqida» asari astronomiyada inqilob yasadi, negaki, quyidagilarni o‘z ichiga olgan geliotsentrizm sistemasini ta'kidladi
Uyg‘onish davri panteizmining eng yirik vakili Djordano Bruno (1548-1600) edi. Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o‘xshashligi haqidagi dialektik g‘oyani ta'kidlagan holda, Bruno falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi taxminlarni ifodalab berdi.