Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja



Yüklə 39,7 Kb.
səhifə5/15
tarix10.12.2022
ölçüsü39,7 Kb.
#73521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsaf

Abu Ali ibn Sino (980-1037). O’rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,”Donishnoma”, “Xay ibn yakzon”ayniqsa keng dovruq qozongan.
Temuriylar sulolasi davri. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm g’oyalari.
Amir Temur ibn Tarag`ay Bahodir (1336-1405) Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo`ja ilg`or qishlog`ida dunyoga keldi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u mug`ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib,O’rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o`zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat bar’o qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta`minladi. Uning davrida «Kuch - adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o`zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o`rnatildi.
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo`shgan siymolardan biri, ulug` o`zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taaduqli bo`lib, otasi G`iyosiddin kichkina Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda
Navoiy ijodi boy bo`lib, asarlari turli mavzularga bag`ishlangan. «Xamsa» ya`ni «Hayrat-ul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut-tair», «Majolis-un nafois», «Mahbub-ul qulub», «Holati pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug`atayn» va boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Hazoyyinul maoniy» («Ma`nolara xazinasi») nomli she`riy to`plam yaratgan bo`lib, g`azal, ruboiy, qit`a va fardlardan tashkil topgan.
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g`oyasi muhim o`rinni egallaydi - shoirning «Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy qahramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular mehnatsevar, o`z kasbini ustasi, doimo o`zgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon, saxovatli, to`g`ri so`z, sofdil, kamtar, o`zida xulq-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni mujassamlashtirgan shaxslardir.

Yüklə 39,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin