Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja


Ilk o’rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika



Yüklə 39,7 Kb.
səhifə9/15
tarix10.12.2022
ölçüsü39,7 Kb.
#73521
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsaf

Ilk o’rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika.
Applogetika Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va SHimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya’ni xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Apologеtlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga kеldi. Apologеtika so`zining lug’aviy ma'nosi "himoya kilish", dеmakdir. Apologеtlar hukumatning xristianlikka bo`lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta'kib qilishi hеch qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o`z asarlarida mushriqlik [ko`p Xudolik] adabiyotlaridan olingan baxslashish [dia­log] shaklidan yoki apologеtikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Patristika “Patristika” so’zi “ota” “padrе” so`zidan kеlib chiqqan. Bu nom bilan odatda Еvropada yеpiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo`lgan chеrkov otalaridan biri Ioan Zlatoust [347- 407] edi. Uning 640 ta da'vatlaridan ko`pchiligi avliyo Pavеl nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo`llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib kеtgan.
Nominalizm va realizm. Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so’zlar yoki nomlar bo’lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Mo’tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o’xshash jihatlarning in’ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar.
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo’luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya’ni amalda umumiy va yakkaning aloqasi to’g’risidagi idealistik kontseptsiyani ishlab chiqqan bo’lsa, nominalizm bu muammoni materialistik yo’l bilan yechishning o’ziga xos timsoli bo’lgan. Shunday qilib, realistlar va nominalistlar o’rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.

Yüklə 39,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin