Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja


XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg’or falsafiy ijtimoiy – siyosiy fikrlar



Yüklə 39,7 Kb.
səhifə6/15
tarix10.12.2022
ölçüsü39,7 Kb.
#73521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsaf

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg’or falsafiy ijtimoiy – siyosiy fikrlar
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda chor mus-tamlakachiligining ildiz otishi natijasida Markaziy Osiyoning ko'p joylarida jadidchilik harakati yuzaga keldi.
Toshkentning ilg'or kishilari o'lkada tub o'zgarish qihshning bosh yo'li maorifni isloh qilish, deb bildilar. Shu boisdan ular maktablar ocha boshladilar, unda dunyoviy ilmlar va ras tili o'rgatila boshlandi. 1884-yil 19-dekabrda o'z qarashlari bilan tanilgan Toshkent savdogari Saidazim-boyning uyida mahalliy xalq vakillari uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Oradan bir yarim yil o'tgach, rus-tuzem maktablari rasmiy tarzda ma'qullandi va 1886-yili yana shunday 14 ta maktab ochildi. Har bir rus-tuzem maktabiga «Faxriy mutavalli» tayin-langan bo'lib, u maktab joylashgan shahar va qishloqda yashaydigan boylardan bo'lar edi.
1891-yilning 1-yanvariga kelib, rus-tuzem maktablarining soni 89 taga yetadi. Rus-tuzem maktablaridagi o'qish 4 yil edi. O'quvchilar ras tili, matematika, kasb, ras qonunlari va shariatni o'rganardi. Shu boisdan 1917-yil 9-14-mayda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan O'lka o'qituvchilarining 1-qurultoyi kun tartibiga Turkiston o'lkasi aholisi uchun muhim bo'lgan rus-tuzem maktablarini tahlil etish to'g'risida masala kiritildi. Qurultoyning raisi qilib saylangan Munawarqori Abdura-shidxonov anjumanda Turkiston maktab ishlarini isloh qilish to'g'risida ma'ruza qildi.
Jadid maktablarini bitirgan o'nlab yoshlar ana shu jamiyat orqali musulmon Sharqining Istambul, Anqara, Qohira, Makka shaharlariga o'qishga yuborildi.
XX-XXI asr o’zbek falsafasi. XX asr o’zbek falsafasi. XX asr o’zbek falsafasi kam o’rganilgan ziddiyatli davrni qamrab oladi. CHunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo’lmagan, u davrda intellektual hayot o’lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba’zi mardlargina o’zlarining g’oya va qarashlarini ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto’g’ri fikr. Chunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati “jamiyatni ma’rifat orqali yangilash” g’oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga o’qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o’zlarining munosib hissasini qo’shganlar. Shu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g’alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O’zbekistonda falsafiy fikr rivoji to’xtab qolgan emas.

Yüklə 39,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin