Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti



Yüklə 39,7 Kb.
səhifə7/15
tarix10.12.2022
ölçüsü39,7 Kb.
#73521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsaf

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti. 1922 yilda O’rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetida falsafa fanidan o’quv mashg’ulotlarining olib borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo’ldi. Shu yillarda ilmiy ishlar rivoj to’ib yuqori malakali kadrlar etishib chiqa boshlagan. 1962-1967 yillarda 18 ta falsafa fanlari nomzodi tayyorlangan.
1962-1992 yillar davomida gumanitar fakultetlar “Falsafa” kafedrasini boshqargan professor A.T.Ayupov boshchiligida dotsentlar G’.SHoyusupova, A.I.Abdusamedov, K.S.Sadikov, K.I.Ivanova, I.Rahimov, V.S.Nikitchenko va boshqalar dastlab falsafa bo’limi, keyin falsafa fakultetining milliy kadrlarni tayyorlash faoliyatida katta rol o’ynadilar. O’sha yillarda falsafa bo’limi professor-o’qituvchilari nafaqat o’quv jarayoni, balki ilmiy bilish sohasida faol ishtirok qilganlar. 1974 yilda K.I.Ivanovaning “Ilmiy bilishda sababiylik tamoyili” nomli monografiyasi, professor L.E.Garber, A.T.Ayu’ov, U.Xaydarov, B.To’ychiev, V.G.CHernaxlarning “Ilmiy bilish mantig’i va metodlari”(1986) mavzusidagi turkum asarlari nashr qilingan.
Qadimgi Yunonistonda dastlabki falsafiy ta'limotlareramizdan avvalgi VII-VI asrlar o`rtasida Milеt shahrida yuzaga kеlgan va rivojlangan. Milеt maktabi vakillari Falеs, Anaksimandr, Anaksmеnlardir. Uning asoschisi Falеs [er.av. 624-547 yillar] o`z davrining еtuk siyosiy arbobi, jo`g’rofi, faylasufi bo`lgan. Falеs ta'limotiga ko`ra, tabiatdagi turli - tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido-suvdan paydo bo`lgan va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o`zgarishida bo`ladi. Anasimandr [Falеsning shogirdi] [er.av. 610-546 yillar]. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha еtib kеlmagan. Falеs olamning asossiga suvni qo`ygan bo`lsa, Anaksimandr dunyo chеksiz, gazsimon apеyrondan iborat dеydi.
Anaksimandrning fikricha, hamma narsa apеyrondan kеlib chiqadi va ma'lum bir vaqtda apеyronga qaytadi. Apеyronning doimiy harakat qilib turishi, Anaksimandrning fikricha, qarama-qarshiliklarning kеlib chiqishi tufayli bo`ladi, buning natijasida bir xil narsalar paydo bo`lib, boshqalari yo`qolib turadi. Qadimgi yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o`rin tutadi. Sofistlar antropologiya inson haqidagi fan va gnosеlogiya bilish to`grisidagi fan muamolari bilan shugullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, yani o`qituvchilar, diplomatlar, notiklar, sud mahkamalarida ishlovchi mutahassislardan iborat bo`lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o`rnatishga xizmat qilgan. Ularning talimoti Suqrot falsafasiga ham ma'lum darajada ko`rsatgan.
Afinaning buyuk faylasufi Suqrot er. av. 469-399 yillar avvalo sofistlar shogirdi bo`lib, kеyinchalik ularning asosiy nuqtai nazarlarini qattiq tanqid qiladi.
Odam nima, uning ongi nima? Dеgan savolga javob axtarish Suqrot faoliyatining asosida yotadi. «O’z-o`zingni angla!» Suqrotning еng sеvgan shiori edi. U ongning nafaqat subеktiv, balki obеktiv mazmunga ega ekanligini isbotlamoqchi bo`ldi, buni u aql dеb atadi. Aql еsa faqat individual fiqirlargagina ega bo`lib qolmasdan, yalpi umumiy, barcha uchun majburiy bilimni ham taqozo etadi. Binobarin, bahs vositasi ilk birgalikda haqiqatni izlash kеrak, dеydi u. Adolat nima ezgulik nima, eng yaxshi davlat qurulishi nima, dеgan savollarga javob bеrishga intiladi.

Yüklə 39,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin