Fan : Kimyo. Sana


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə157/235
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#40876
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   235
9-sinf kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: 
O'zbekistonda ishlab chiqariladigan yuvish vositalarini bilasizmi?

Yuvish vositalarining amaliy ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

Hozir hayotimizni yuvish vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Insonlar qadimdan turli yuvish vositalaridan foydalanib kelishgan. Dastlabki vaqtlarda oddiy suvning o'zidan boshlab, kul va turli o'simliklar va ularning urug'lari siqmasidan, kul va yog'larni birga qaynatib olingan suvli eritmalardan foydalanishgan. XVIII asrdan inson xizmatida yog'-moylarga ishqor bilan ishlov berib olingan sovunlar paydo bo'ldi. Hozirgi vaqtda esa qimmatbaho oziq bo'lgan yog'-moylami tejash maqsadida sovun va boshqa yuvish vositalarini oziq mahsulotlari bo'lmagan boshqa manbalardan olingan turli-tuman yuvish vositalaridan foydalanilmoqda. Sovun olish uchun zarur bo'lgan karbon kislotalar parafinni oksidlash orqali olinmoqda. Yuqori spirtlarning sulfat kislota bilan murakkab efirlarining umumiy formulasi R-CH2-0-S02-0Na bo'lgan tuzlari asosida alkilsulfatli yangi yuvish vositalari olinib, amalda ishlatilmoqda. Ularning kalsiyli va magniyli tuzlari ham suvda yaxshi erish xususiyatiga egaligi (odatdagi sovunlardan farqli ravishda) qattiq suvli sharoitda ham yuvish imkonini bermoqda. Hozir ishlab chiqarilayotgan deyarii barcha yuvuvchi kukunlarning asosiy tarkibiy qismi alkilsulfatlardan iborat. Sintetik yuvish vositalari yuz minglab tonna oziq xomashyosini - o'simlik moylari va hayvon yog'larini tejashga imkon bermoqda.

Yuvish vositalaridan foydalanish jarayonida ularning parchalanmasligi suv va atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun tabiatdagi mikroorganizmlar hayotiy faoliyati natijasida parchalanib ketadigan yuvish vositalari yaratish hozirgi kun kimyosi oldida turgan eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin