Fan : Kimyo. Sana


Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə160/235
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#40876
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   235
9-sinf kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: Organik moddalar ichida shunday sinf borki, ularsiz organizmlarda modda va energiya almashinuvini tasavvur qilib bo'lmaydi. Bular uglevodlardir. Uglevodlar inson organizmida energiya manbayi hisoblanadi. Insonlar iste'mol qiladigan oziqning 70% ni uglevodlar (non, kartoshka, guruch, qand) tashkil etadi. Uglevodlardan gazlamalar, qog 'oz tayyorlanadi. Uglevodlar karbonat angidrid va suvdagi yashil o'simliklar organizmida fotosintez jarayonida hosil bo'ladi. O'simliklarning quruq moddasida 80%, inson va hayvonlar organizmida 2% atrofida uglevodlar bo'ladi. Uglevod ruscha so'z bo'lib, uglerod va suv ma'nosini anglatadi. Ular ko'p molekulalarining empirik formulalari bilan bog'liq, ya'ni Cn(H20)m formulaga qaralsa, molekula xuddi uglerod atomi va suv molekulasidan iboratdek tuyuladi (sirka kislota C2(H20)2, formaldegid CH20 yuqoridagi formulaga mos kelsa-da, ular uglevod emas). Lekin, aslida ular murakkab tuzilgan moddalardir va ko'p hollarda ular saxaridlar (qandlar) nomi bilan yuritiladi. • Uglevodlar - uglerod, kislorod va vodoroddan tashkil topgan murakkab moddalardir. Sinflanishi va nomlanishi. Uglevodlar uchta guruhga bo'linadi:Monosaxaridlar - glukoza, fruktoza ... (gidrolizga uchramaydi). Disaxaridlar - saxaroza, maltoza... (gidrolizidan ikki molekula monosaxarid hosil bo'ladi). Polisaxaridlar - kraxmal, selluloza... (gidrolizidan n ta molekula monosa­xaridlar hosil bo'luvchi yuqori molekular birikmalar). Glukoza Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Glukoza (uzum qandi) - C6H1206- rangsiz, suvda yaxshi eriydigan, shirin ta'mli, kristall modda. O'simliklarning deyarli barcha organlarida: meva, ildiz, barg, gullari, poyasida uchraydi. Ayniqsa, uzum, shakarqamish, qand lavlagi, shirin mevalarda ko'p yig'iladi. Inson qonida 0,1% atrofida glukoza bo'ladi. • 1811-yilda rus kimyogari K.S.Kirxgof kraxmalni gidrolizlab glukoza olgan.Kimyoviy xossalari. Glukoza aldegidlarga, spirtlarga, halqali birikmalarga xos reaksiyalarga kirisha oladi.Glukoza aldegid kabi qaytaruvchilik xossasiga ega bo'lib, "kumush ko'zgu" reaksiyasini beradi: CH2OH-(CHOH)4-CHO + Ag20 CH2OH-(CHOH)4-COOH + 2Agl

Bijg'ish. Glukoza bioorganik katalizatorlar - fermentlar ta'sirida bijg'ishga uchraydi. Bijg'ishning bir necha turi ma'lum: spirtli, kislotali va b. Masalan, achitqi fermentlari ta'sirida glukoza spirtli bijg'ishga uchraydi, natijada etanol va karbonat angidrid hosil bo'ladi: Boshqa fermentlar ta'sirida sirka kislota, moy va sut kislotalari, izopropil spirti, aseton hosil bo'lishi mumkin. Oksidlanishi. Inson va hayvonlar organizmida glukoza oksidlanishi natijasida hayotiy faoliyat uchun zarur bo'lgan energiya ajralib chiqadi. Olinishi va ishlatilishi. Sanoatda glukozani kraxmal va kletchatkani (o'simliklar biriktiruvchi to'qimasi, asosan, sellulozadan iborat bo'ladi) gidrolizlab olinadi. (Polisaxaridlar mavzusiga qarang.)

Glukozani tibbiyotda, qandolat mahsulotlari, oyna va yaltiroq o'yinchoqlar ishlab chiqarishda (kumush ko'zgu reaksiyasi), gazlama va ten mahsulotlariga ishlov berishda ishlatiladi. Fruktoza

Fruktoza (meva qandi C6Hp06) - rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi, glukozadan shirinroq, asal, sabzavot va mevalarda uchraydi. Fruktoza - ketospirt bo'lib, geksoketozalarga kiradi, glukozaning izomeri.

Glukoza kabi fruktoza ham halqali shakllarda mavjud bo'la oladi.

Fruktoza glukoza kabi, spirtlar xossalarini namoyon qiladi-saxaratlar va murakkab efirlar hosil qiladi, gidrolizga uchramaydi. Saxarozadan 1,5 barobar, glukozadan 3 barobar shirin bo'lgan bu qimmatbaho oziq moddasi organizm tomonidan oson o'zlashtirib olinadi (diabet bilan kasallangan odam organizmi saxarozadan ko'ra fruktozani oson o'zlashtiradi).




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin