Tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati. Yer qobig'ida tarqalish jihatidan kisloroddan keyingi ikkinchi o'rinda turgan kremniyning massa ulushi 27,6% ni tashkil etadi. Kremniy tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi. Kremniy tabiatning asosiy elementidir. Ko'pchilik tog' jinslari (gneyslar, granitlar, bazaltlar) va minerallar (kvars, dala shpatlari, qum, gillar) kremniy birikmalaridan tashkil topgan. Kremniy ayrim o'simliklar poya va barglari, qush patlari va hayvon junlari tarkibiga kiradi.
Olinishi va ishlatilishi. Kremniy (IV)-oksidni magniy, aluminiy yoki uglerod bilan qaytarib kremniy olinadi:
Si02+2Mg=2Mg0+Si Si02+2C=2C0+Si
Kremniy ko'plab qotishmalar olishda ishlatiladi. 4% kremniy tutgan po'lat oson magnitlanish xususiyatiga ega bo'lib qoladi. Undan transformatorlar, dvigatellar, generatorlar (elektrotexnik po'lat) tayyorlanadi. 16% va undan ortiq kremniy tutgan po'lat (kislotaga chidamli po'lat) kimyo sanoatida apparat va uskunalar tayyorlashda ishlatiladi. Kristall holidagi toza kremniy radio- va elektrotexnikada yarim o'tkazgich sifatida ishlatiladi. Ular Quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiradi. Kremniyli quyosh batareyalari kosmik qurilmalarda energiya manbasi sifatida qo'llanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash : tabiatda Si qanday tarqalgan, shisha tarkibiy qismini …
Uyga vazifa berish : 9 § konspekt qilish. Mavzuga doir masala ishlash.
Kimyo fani o’qituvchisi: М.Мирзамова Ilmiy bo’lim mudiri :____________Р.Рахимова
Dostları ilə paylaş: |