Fanlararo bog ‘lanish:matematika,ingliz tili, musiqa.
Dars shiori:Tabiat bizning uyimiz,uni asrash burchimiz.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism. (5 daqiqa)
2.O’tgan darsni takrorlash va uy vazifasini so’rash.(10 daqiqa)
3.Yangi mavzu bayoni.(15 daqiqa)
4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)
5.O’quvchilarni baholash.(3 daqiqa)
6.Uyga vazifa berish.(2 daqiqa)
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
- Salomlashish.
- Davomatni aniqlash.
- Yil,oy, kun,fasl, ob-havo haqida suhbat.(1-slayd)
-Bugungi dars shiori maqsad va vazifalari bilan tanishtirish.
O’quvchilarga topishmoqlar aytiladi va topishmoq javoblariga qarab guruhlarga bo’linadilar.
Yangi kunni boshlaydi,
Undan borliq yashnaydi.(Quyosh)
Tunda chiqar onasi,
Necha minglab bolasi
Berkinishar qo ‘rqqandan,
Kelib qolsa otasi.(Yulduz)
Qovoqlarin uyadi,
Goh yomg ‘ir , qor quyadi,
Uni ko ‘rsangiz ,deysiz –
Osmonni kim bo ‘yadi?(Bulut)
Kechalari yonadi,
Farzandi ko ‘p onadir.(Oy)
O’quvchilar 4 guruhga ajratiladilar: Quyoshjon, Oymomo, Yulduzcha, Chaqmoq, Bulutcha
G uruhlar o’z nomlariga qisqacha izoh beradilar.
Dostları ilə paylaş: |