Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
«Kompyuter lingvistikasiga kirish» fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot shaklida olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Bumerang”, “Keys-stadi”,“Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia, kompyuter dasturlari,lingvo-kompyuter lug‘atlari, til o‘rgatish dasturlari, an’anaviy va ilg‘or ta’lim berish usullari, texnik vositalardan foydalaniladi, taqdimotlar mavjud adabiyotlar va internet ma’lumotlari asosida o‘tkaziladi. Umuman, «Kompyuter lingvistikasiga kirish» fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |