Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni ta’minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga yechim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - hozirgi axborot kommunikasiya texnologiya vasitalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi.