Fanning maqsadi va vazifalari
Mazkur kurs talabalarga tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida kompyuterdan unumli foydalanish hamda lingvistikaga doir masalalar (tillarni o‘qitish, bilimlarni baholash, matnlarni tahrir qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish kabilar)ni kompyuter vositasida hal qilish yo‘llari, kompyuter savodxonligi darajasini oshirish, mantiqiy to‘g‘ri, izchil fikrlashga o‘rgatish, ularda nazariy bilimlarni shakllantirish va o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalda qo‘llashga oid ko‘nikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi.
Shuningdek, ushbu kurs filolog talabalarda matematik lingvistika bo‘yicha chuqur bilimlarni shakllantirish, kompyuter lingvistikasi tamoyillarini o‘zlashtirish, matematik modellarni tuzish bo‘yicha bilimlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, formallashtirish sohasidagi bilimlarni oqilona qo‘llash qobiliyatini rivojlantirish, matematik mantiq asosida fikrlashga o‘rgatish, til va adabiyotga doir kompyuter dasturlarini yaratish, algoritm va kompyuter dasturlari tuzish asoslarini berish kabi vazifalarni qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: |