Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Ushbu fan 2 kurs talabalari uchun 3-semestrda o‘qitiladi. «Kompyuter lingvistikasiga kirish» kursi dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “Oliy matematika”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “Sotsiolingvistika” fanlari bilan muammolarning umumiyligiga ko‘ra uzviy bog‘langan.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Talabalarda kompyuter lingvistikasi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish, «Kompyuter lingvistikasiga kirish»da faol qo‘llanadigan terminlarni o‘zlashtirish hamda shu fanga oid nazariy masalalarning hal qilinishi va yoritilishi, lingvistik muammolarni matematik metodlar bilan kompyuter yordamida hal etish hamda lingvistik dasturlar (tarjima dasturi, matnni tahrirlovchi dastur, gaplarni tahlil qiluvchi, sharhlangan lug‘at dasturlari) uchun lingvistik ta’minot yaratish.
Dostları ilə paylaş: |