Masalan, 1990-yili Kaliforniyadagi Santa Barbara Universiteti oʻqituvchilari
tomonidan yaratilgan oʻquv reja dunyoning 1000 dan ortiq universitetlarida
qoʻllanilgan. Shuning uchun ham yetakchi universitetlarning
geoinformatika
sohasidagi oʻquv dasturlarini taqqoslaydigan boʻlsak, juda katta oʻxshashlikni
koʻrishimiz mumkin.
Uchinchi tamoyil. Geoaxborot sohasini turli davlatlarda yagona oʻqitish
boʻyicha xalqaro konsorsium tashkil etish zarur. Bunda yaratilayotgan oʻquv
materiallari konsorsium vakillari uchun yagona standart va mazmunda hamda
onlayn koʻrinishda mavjud boʻlishi kerak. Hozirgi
kunda shunday xalqaro
konsorsium bu UNiGIS konsorsiumidir. Ushbu konsorsiumda masofadan ta’lim
berish tamoyili asosida dars oʻtiladi va yagona oʻquv reja asosida kurslar olib
boriladi. Farqi shundaki, konsorsiumdagi boshqa universitetlar shu oʻquv rejadagi
fanlarni tanlab yoki oʻzaro birlashtirish orqali oʻqitishi mumkin boʻladi.
Bunda
universitet oʻz sharoitiga qarab talabalarni asosiy universitet hisoblangan Zalsburg
Universitetiga malaka oshirish va imtihonga yuborish orqali ta’lim sifatini boshqarib
turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
https://crabo.ru/uz/useful-programs/geoinformacionnye-obekty-ponyatie-gis-gis-
v-rossii.html
2. Bernhardsen T. Geographic Information Systems: An Introduction. John Wiley
and Sons. (2002) 435 pages.
3. Bolstadt P. GIS Fundamentals: A First Text on Geographic Information Systems.
4. Chang, Kang-Tsung. Introduction to Geographic Information System
McGraw-
Hill Education.
5. Longley P., Goodchild M., Maguire D., Rhind D. Geographic Information
Systems and Science (3rd edition). WileyWilson, J. P.
6. Michael N. Demers. Fundamentals of Geographic Information Systems.