4-rasm. Sun’iy yoʻldoshlarning orbitadagi sxematik joylashuvi
Har bir zamonaviy sun’iy yoʻldosh borti bir qator yuqori texnologik
qurilmalar bilan jihozlangan va ular jumlasiga:
toʻrtta atom soatlar;
uchta kadmiy nikelli batareyalar;
quvvati 1136 Vt boʻlgan ikkita
quyosh batareyalari;
yoʻldosh boshqaruvi uchun qisqa toʻlqin diapazonli antenna;
foydalanuvchi bilan aloqa qilish uchun 12 elementli uzun toʻlqin diapazonli
antenna.
Agar dastlabki ishlab chiqilgan GPS qurilmalar futbol toʻpi kattaligida va
undan ham kattaroq boʻlgan boʻlsa, hozirgi kundagi GPS larning oʻlchami mobil
telefon bilan barobar va bu qurilmalar obyektning joylashgan koordinatasi balandligi
kabi ma’lumotlardan
tashqari, obyekt joylashgan joyni shahar, transport
magistrallari va boshqa koʻpgina obyektlar bilan birga kichik ekrandagi kartada ham
koʻrsatib bera oladi.
Uch koordinatani (uzoqlik, kenglik va dengiz sathidan balandlik) aniqlashdan
tashqari GPS quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
obyektning tezligini tashkil etuvchilarni aniqlash;
aniq vaqtni 0,1 sekund aniqlikda oʻlchash;
obyektning haqiqiy yoʻl qiyaligini hisoblash;
yordamchi axborotni qayta ishlash va qabul qilish.
Hozirgi kunda tez-tez GPS degan atamaga
duch kelmoqdamiz va bu
tushuncha nafaqat geodeziya sohasida, balki mobil telefonlarda ham keng ravishda
qoʻllanilmoqda. GPS global pozitsion tizim degan ma’noni anglatadi. Bu tizim
Yerga doimiy ravishda elektromagnit signallarni yuborib turuvchi sun’iy
yoʻldoshlar tizimidan tashkil topgan. Bunday signallarni qabul qilish uchun Yerda
ham maxsus qabul qilib oluvchi priyomnik (qabul qilgich)lar va qurilmalar boʻladi.
Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, sun’iy yoʻldoshdan
yer yuzidagi
obyektgacha boʻlgan masofa yuqori aniqlikda (bir necha 10 km dan bir necha
millimetrgacha) oʻlchanadi va natijada bunday aniqlikdagi hisobkitoblardan olingan
obyektning koordinatasi yoki joylashgan joyi ham yuqori aniqlikda oʻlchanadi.
Global pozitsion tizimni yaratish fikri oʻtgan asrimizning 50-yillarida
paydo boʻldi va uni amaliyotda qoʻllash fikri Jon Xopkins Universiteti tomonidan
ilgari surildi. GPS 1969-yili AQSH mudofaa vazirligining buyurtmasi asosida ishlab
chiqilgan. Boshlangʻich bosqichda bu tizim dengiz sathidan 22,5 km balandlikda, 55
daraja qiyalikda, orbita boʻylab 6 marta aylanadigan 24 ta sun’iy yoʻldosh va yer
yuzasida kuzatish uchun moʻljallangan hamda sun’iy yoʻldoshlarning harakatini
doimiy
kuzatib turuvchi, lozim boʻlsa orbitadagi yoʻnalish xatoliklarini yetkazib
turuvchi maxsus yer stansiyalar tizimidan iborat boʻlgan Sun’iy yoʻldoshlar Yerga
kuchsiz signallar joʻnatadi, lekin bu obyektning joylashgan koordinatasini aniqlash
uchun yetarli hisoblanadi. Bu antiqa tizim AQSH hukumati uchun 12 milliard
dollarga tushgan.
Dostları ilə paylaş: