Fan: Geoaxborot texnologiyala ri 102-19 – guruh talabasi. Bajardi: Mingliboyev A. Tekshirdi: Raxmonov H


Geoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix12.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112270
1   2   3   4   5   6   7
2-mustaqil ish

Geoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari 
 
Geoaxborot tizimi dasturi bu GATning har qaysi jarayonidagi asosiy va 
muhim qism hisoblanadi. Texnika va texnologiya taraqqiy etishi bilan dasturlar 
ham oʻz navbatida, rivojlanishda davom etmoqda va bu bilan GAT loyihalariga 
ketadigan xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini bermoqda. Barcha GAT dasturlari 
toʻrtta tizimga boʻlinadi. Ular jumlasiga ishchi stoli kompyuterlariga, server 
kompyuterlariga va rivojlantiruvchilar uchun moʻljallangan hamda qoʻlda olib 
yuriladigan qurilmalarga oʻrnatiladigan dasturlar kiradi. Ishchi stoli 
kompyuterlariga moʻljallangan dasturlar turkumiga ESRI Arc Reader, Intergraph 
Geomedia Viewer, Mapinfo ProViewer, AutoDesktop 3D, ESRI Arc View-
ArcInfo, Ge Spatial Intelligence, Intergraph Geomedia Professional va boshqa 
dasturlarni kiritishimiz mumkin. Bu dasturlarning vazifalari oddiy kartalarni 
koʻrish, shuningdek, professional ishlar boʻlmish ma’lumot toʻplash va tahlil 
qilish, ma’lumotlar bazasi boshqaruvi, geografik ma’lumotlarni qayta ishlash va 
tahlil qilish kabilarni bajarishdir. 
Professional dasturda ishlash uchun mutaxassisning texnik qobiliyati ham 
zarur darajada boʻlishi lozim. Bunday dasturlar hozirgi kunda 7000 AQSH 
dollaridan 20000 AQSH dollarigacha qiymatda mavjud. Internet rivojlanishi bilan 
birga undan foydalanuvchilar ham oʻz-oʻzidan ortib bormoqda. Bu, oʻz navbatida, 
foydalanuvchilar uchun internet orqali istalgan mahsulotni yetkazib berishni 


bildiradi. Shu jumladan GAT dasturlari ham oxirgi yillarda server turkumiga 
moʻljallangan GAT dasturlarini ishlab chiqishni koʻp emas, balki bir yilga 
qoʻymoqda. 
Geoaxborot ta’limi istiqbollari 
 
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga 
geoinformatika ta’limini isloh qilish zaruriyati paydo boʻlmoqda. Hozirda 
geoaxborot tizimi nafaqat texnik fanlar majmuasi sifatida, balki boshqaruv, qaror 
qabul qilish hamda ijtimoiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan fan sifatida ham qaralmoqda. 
Alohida tashkilotlar miqyosida geoaxborot tizimi boʻyicha aniq dasturlarni oʻqitish 
yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning asosiy maqsadi dasturda ishlashni oʻrganish 
boʻlmoqda. Ammo bu soha rivojlanishi bilan birga bakalavrlik, magistrlik hamda 
doktorlik dasturlari nafaqat texnik, balki yuqorida sanalgan sohalarni oʻz ichiga 
olgan boʻlishi lozim. Shuning uchun ham zamonaviy mutaxassis oʻz ustida ishlashi 
va aynan geoinformatika sohasidagi bilimlarni egallashi juda muhimdir
Yangi ochilayotgan geoinformatika sohasidagi oʻqitish dasturlari, ya’ni ilmiy 
yoʻnalishga asoslangan magistrlik va doktorlik dasturlari mutaxassislar fikricha 
quyidagilarni qamrab olishi zarur: 
ishbilarmonlik va boshqaruvchilik; 
geografik bilimlar tamoyillari; 
geoaxborot texnologiyalarini bilish va tushunish; 
tashkiliy masalalarni bilish; 
moliya, investitsiya va tavakkalni boshqarish; 
xodimlar bilan ishlash tamoyillari; 
turli sohalar oʻrtasidagi oʻzaro farqlar; 
turli davlatlarning axborot sohasi boʻyicha qonunlari; 
malaka oshirish va tahliliy malakalar. 
Dunyodagi koʻpgina geoaxborot mutaxassislari oʻzlarini texnik 
yoʻnalishdaman deb hisoblashadi, vaholanki, geoaxborot sohasi nafaqat texnik 
bilimlardan, balki yuqoridagi bilimlardan ham tashkil topgan boʻlishi zarur. Bunday 
bilimlarni oʻrganish va dunyodagi ushbu soha vakillari bir xildagi bilim, malaka va 
tushunchaga ega boʻlishi uchun yaratilayotgan ta’lim dasturlari asosan uch 
tamoyilga asoslanishi zarur. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin