Fan: Informatika №1 Sana


(TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə14/29
tarix30.11.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#71357
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Dars ishlanmalari

(TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
(FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
1) Salomlashish;
2) Davomatni aniqlash;
II. Takrorlash.

  1. Egiluvchan disklarni ishlatish mobaynida unga boshqa axborotlarni yozib borish mumkinmi?

  2. Kompakt disklardagi axborotni o'qish va yozish jarayonini tushuntirib bering.

  3. Zamonaviy kompyuterlarning oldin yaratilgan kompyuterlardan ustun va farqli tomonlarini tushuntiring.

  4. Kompyuterning tovush imkoniyatidan to'liqroq foyda lanish uchun nima qilish kerak?

  5. Kompyuterlar orasida telefon ko'magida aloqa o'rnatib, axborot almashish uchun qanday vositalar zarur bo`ladi?

  6. Kompyuterdagi axborotlarning buzilib qolish ehtimoli bo'lsa nima qilish kerak?

  7. Flash-xotira haqida so'zlab bering.

III. Yangi mavzuni organish.
Protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko’rib chiqamiz.
Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap.
Mulohazalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifo­dalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YОKI” kabi bog‘lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko‘makchilar yordamida tuziladi.
Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan, A= “Bugun havo issiq”) qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: “rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Qulaylik uchun “rost” qiymatni 1 raqami bilan, “yolg‘on” qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz.
A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko‘paytirish amali deb ataladi.
Bu amalni konyunksiya (lot. conjunctio– bog’layman) deb ham atashadi. Mantiqiy ko‘paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “VA” bog‘lovchisi bilan bog‘laydi hamda “A va B” , “A and B” , “A  B” , “A · B” kabi ko‘rinishda yoziladi. Mantiqiy ko‘paytirishni ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik jadvali deb ataladi:




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin