Fan: Informatika №1 Sana



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə16/29
tarix30.11.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#71357
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Dars ishlanmalari

2–misol.A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilganda A B  A mulohazaning qiymatini aniqlang.
Yechish.I usul. A va B mulohazalar rost qiymatli bo‘lganligi uchun A  B amal rost qiymat qabul qiladi. U holda jadvalga ko‘ra ikkita rost qiymatni mantiqiy qo‘shishdan rost qiymat hosil bo‘ladi. Javob: rost.
II usul. 1 · 1 + 1 = 1 + 1 = 1. Javob: rost.
3–misol. (Е > D) A B mantiqiy ifodaning qiymatini D = 3,2 va E = –2,4, A = “rost” va B = “rost” bo’lganda hisoblang.
Yechish.I usul. (–2,4 >3,2) munosabat noto‘g‘ri bo‘lganligidan bu mulohaza “yolg‘on” bo‘ladi. Demak, A mulohazaning qiymati “rost” bo’lsa ham (Е> D) A mulohaza qiymati “yolg‘on” bo’ladi. B mulohazaning qiymati “rost”, shuning uchun B mulohaza “yolg‘on” qiymatli bo‘ladi. U holda (Е > D) A B mantiqiy ifoda “yolg‘on” qiymat qabul qiladi. Javob: yolg‘on.
II usul. (–2,4 > 3,2) · 1 · 0 = 0 · 0 = 0. Javob: yolg‘on.
4-masala. D B A mantiqiy ifodaga mos rostlik jadvalini tuzing.
Yechish. Avval jadvalning birinchi uch ustuniga A, B, D mulohazaning qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlarini yozib olamiz (7-sinfdagi ovoz berish natijalari jadvalini eslang). So’ng bajarilish tartibiga asosan amallarni yozib boramiz:

A

B

D

B

B A

D B A

1

1

1

0

0

1

1

1

0

0

0

0

1

0

1

1

1

1

1

0

0

1

1

1

0

1

1

0

0

1

0

1

0

0

0

0

0

0

1

1

0

1

0

0

0

1

0

0

Mantiqiy amallar mantiq ilmida ham algoritmik tafakkurni rivojlantirishda ham juda katta ahamiyatga ega. Masalan, quyidagi masalani qaraylik.
5-masala. Bir kishi aytdi “Men yolg’onchiman yoki qora sochliman”. U kishi kimligini aniqlang.
Yechish. Masala shartidagi mulohazalar uchun belgilashlar kiritamiz:
D= “Men yolg’onchiman yoki qora sochliman”;
A= “Men yolg’onchiman”; B= “Qora sochliman”
U holda masala shartidagi murakkab mulohazani shunday yoza olamiz: D=A YOKI B. Bu amal uchun rostlik jadvali quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

A

B

D=A YOKI B

rost

rost

rost

rost

yolg’on

rost

yolg’on

rost

rost

yolg’on

yolg’on

yolg’on

Endi masala yechimini topish uchun quyidagicha mulohaza yuritamiz:
a) agar A mulohaza “rost” bo’lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi yolg’onchi bo’ladi va shuning uchun uning hamma gapi yolg’on. Demak, D mulohaza “yolg’on” bo’lishi kerak. Lekin jadvaldan ko’rinadiki, A mulohaza “rost” bo’lganda D mulohaza “yolg’on” bo’la olmaydi.
b) agar A mulohaza “yolg’on” bo’lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi rostgo’y bo’ladi va, tabiiyki, uning hamma gapi rost. Demak, D mulohaza “rost” bo’lishi kerak. Jadvaldan ko’rinadiki, bunday hol faqat A mulohaza “yolg’on” va B mulohaza “rost” bo’lsagina o’rinli.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin