V. Uyga vazifa
2-dars mavzusini o`rganish. 1-10-savollar
Fan:Informatika №3
Sana:15.09.2022
Sinf:9B
Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
Maqsad:
Ta’limiy:O`quvchilarga masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumot berish;
Tarbiyaviy:O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,
DTS: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Kompetensiya:
TK3 -doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;
FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’ladi
Dars o`tish metodi:Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi:Tarqatma materilallar, 9-sinf darsligi, jadvallar.
Texnik jixozlar:Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proyektor.
Darsning blok chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Usullar
|
1
|
Tashkiliy qim
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O’tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
Savol-javob, klasster, test
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
17 daqiqa
|
Ma’ruza, aqliy xujum
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
Klasster, blits-savol, test
|
5
|
Yangi vazifa
|
3 daqiqa
|
|
Darsni borishi:
I. Tashkiliy davr
1) salomlashish;
2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash
Elektron jadvalning imkoniyatlari;
Excel ni ishga tushirish va unda ishni tugallash;
Excelning asosiy elementlari;
Matematik formulalar;
Absolyut va nisbiy murojaat.
Inson amaliy ish jarayonida juda ko‘p masalalarni hal etishiga to‘g‘ri keladi. Masalalarning ba’zilari oson, ba’zilari murakkab hisob-kitob bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zi masalalarni hal etishda biror amallar guruhi esa minglab marta bajarilishiga to’g’ri kelishi mumkin. Shuning uchun beminnat va o’ta tez ishlaydigan yordamchimiz bo’lgan kompyuter bu ishimizda yordam bera oladimi, agar yordam bera olsa, u holda masalalarni kompyuterda hal etish qanday tashkil etiladi? degan savol tabiiydir. Bu savolga javob berishdan avval bir nechta masala va ularni yechilishini ko’rib chiqaylik.
1–masala. Hajmi 20 sm3 bo’lgan jism suvga botirilganda unga ta’sir etuvchi ko’taruvchi kuch qiymatini toping.
Masalani tahlil etamiz: fizika kursidan ma’lumki, suvga botirilgan jism o’z hajmiga teng suvni siqib chiqaradi va unga siqib chiqarilgan suv og’irligiga teng kuch ta’sir etadi, bu kuch Arximed kuchi deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |