III. Yangi mavzuni o’rgansh. Ona tili darsidan ma'lumki, harflardan so'zlar, so'zlardan jumlalar, jumlalardan gaplar, gaplardan abzaslar, abzaslardan esa matn hosil qilinadi. So'zlar o'zaro bo'sh joy bilan ajratiladi, gaplar nuqta, so'roq yoki undov belgisi bilan tugaydi. Gapning davomi sahifa kengligiga sig'masa yangi satr boshiga bo'g'in ko'chirib o'tkaziladi. Abzaslar doimo yangi satrdan rna'lum bo'sh joy qoldirib boshlanadi. Matn protsessorlari haqida Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, ballki tashqi ko'rinishi ham katta ahamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va hokazo.
Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.
Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi haqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va hokazo) axborotni ham o'zida saqlaydi.
Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga har doim ham erishib bo'lmaydi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib matn ko'rinishidagi axborotlarni qayta ishlash usullari va уо'1-yo'riqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo'lgan Microsoft Office-2003 paketiga kiritilgan Microsoft Office Word 2003 (qisqacha Word) matn protsessori misolida ko'rib chiqamiz. U juda ko'p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protsessorlaridan ajralib turadi. Wordda aksariyat buyruq va amallar bajarilishini tanlash „sichqoncha" yordamida amalga oshiriladi.
Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat sizga tanish bo'lgan oynaning maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z xohishiga qarab belgilab oladi.
Microsoft Word matn protsessorining hozircha o'zbek tilidagi varianti mavjud emas.