Word dasturida ishni tugallash uchun [X] piktogrammasini yoki fayl menyusining [Выход] — ya'ni chiqish buyrug'ini tanlash yoki [Alt] + [F4] klavishlarini birga bosish yetarli.
Word interfeysi MS Word ishga tushirilganda Lining ekranda aks etgan interfeysida ishchi maydon va boshqarish paneli namoyon bo'ladi. Boshqarish paneli, odatda, sarlavha satri, menyular satri va uskunalar panelidan iborat.
Sarlavhalar satrida ishlanayotgan hujjatning va Word dasturining nomi aks etadi. Agar hujjatga nom berilmagan bo'lsa sarlavha satrida Документ1 (ya'ni, Hujjat1) nomi aks etib turadi.
Uskunalar uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bo`lib, ulardan foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik beradi (Paint dasturi uskunalar panelini eslang).
Menyular satri quyidagi menyulardan iborat:
Fayl
Tahrir
Ko'rinish
Joylashtirish
Format
Servis
Jadval
Оуnа
Ma'lumot
Файл
Правка
Вид
Вставка
Формат
Сервис
Таблица
Окно
Справка
Mazkur menyular hujjatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, Fayl menyusi yordamida fayl ustida bajarish mumkin bo'lgan asosiy amallar quyidagilardir:
Создать Crt+N— (yangi hujjat) hosil qilisj;
Открыть — (mavjud hujjatni) ochish;
Закрыт — (joriy hujjatni) yopish;
Сохранить Сtrl+S — (avval saqlangan hujjatni) saqlsh;
Сохранить как... — (yangi nom berish) ... kabi saqlash;
Сохранить как Web-страницу... — (Internet uchun) Web-sahifa kabi saqlash;
Версии... — versiyalar;
Предварительный просмотр Web-страницы — Web-sahifani ko'rib chiqish;
Параметры страницы...— sahifaning parametrlari;
Предварительный просмотр — (hujjatni) ko'rib chiqish;
Печать...Ctrl+P — (hujjatni) chop etish;
Отправить — (hujjatni) jo'natish;
Свойства — (hujjatning) xossalari;
6 _1-dars.doc oxirgi ishlangan va bevosita ochish
6_2-dars.doc mumkin bo'lgan hujjatlar ro'yxati;
Выход — (dasturdan) chiqish;
Bu amallarning ba'zilari bilan Paint dasturi orqali tanishgan edingiz. Shuning uchun hech bir qiyinchiliksiz amalda qo'llay olasiz. Nom berib saqlangan hujjat Word dasturida ham, odatda, Paint dasturidagi kabi Мои документы papkasida saqlanadi.