Fan: Mehnat ta’limi


Darsda foydalaniladigan metodlar



Yüklə 370 Kb.
səhifə16/24
tarix02.01.2022
ölçüsü370 Kb.
#38949
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
2 5217927459780952375

Darsda foydalaniladigan metodlar: An’anaviy

Darsda foydalaniladigan jihozlar: tarqatmali materiallar

Darsning tarkibi

Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlsh, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash,



O’tilgan mavzuni takrorlash

1Kimyolashtirish nima ?

2.Gazlamaga qanday kimyoviy texnologiya asosida ishlov beriladi ?

3. Misollar keltiring

4.Oziq –ovqat sanoatida kimyoviy usul bilan ishlov berish haqida sizning fikringiz.

Yangi mavzuning bayoni

Inson uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni tirik hujayralardan yoki ular yordamida olish texnologiyasi biotexnologiya deb ataladi. Biotexnologiya favqulodda tez rivojlanayotgan fanlar qatoriga kiradi. Keyingi 30 yil ichida bir qator turli xil bakteriyalar, zamburug’lardan foydalanishga asoslangan butunlay yangi ishlab chiqarish korxonalari paydo bo’ldi. Mikroorganizmlar metallurgiya sohasida ham “faoliyat” ko’rsatadi. Rudalardan metallarni ajratib olishda qo’llaniladigan odatdagi texnologiyalar tarkibi jihatdan murakkab bo’lgan yoki siyqa rudalardan keng foydalanishga imkon bermaydi; ularni qayta ishlash natijasida juda ko’p chiqindilar hosil bo’ladi, atmosferaga zaharli gazlar ajralib chiqadi. Metallar biotexnologiyasi bakteriyalarning minerallarni oksidlash va metallarni eruvchan birikmalarga aylantirish xususiyatiga asoslangan. Olimlar bakteriya hujayrasiga ma’lum genlarni, shu jumladan, odam genini ham kiritish usullarini o’ylab chiqdilar. Bu usullar gen muhandisligi deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o’ziga yot (begona) bo’lgan gen asosida ko’p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. Hozirgi kunda shu yo’l bilan viruslar ko’payishini to’xatuvchi interferon oqsilini, qonda glukozaning miqdorini nazorat qiluvchi insulin oqsilini olishmoqda. Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziq – ovqat, konserva, sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. Olimlarimiz A. M. Muzaffarov, M. I. Mavloniy, S. Asqarova, A. Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. A. Muzaffarov va uning shogirdlari xlorella suv o’tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va bir qator suv o’tlaridan ifloslangan suv havzalarini tozalashda keng miqyosda foydalanishni yo’lga qo’ydilar. M. Mavloniy bir qator achitqi zamburug’larini o’rganib, ularni novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.




Yüklə 370 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin