Mavzu: Kasb guruhlari.
DARSNING MAQSADI: 1. O’quvchilarda ongli intizomni, mehnatsevarlikni va vatanparvarlik ruhini tarbiyalash
2. Kasb guruhlari va ularga mos kasblar bo’yicha tushuncha berish
3. O’quvchilarning nutqini, ongini, xotirasini, diqqatini rivojlantirish
4. Milliy istiqlol g’oyasini o’quvchilar ongi shuuriga sindrirish.
5. Navoiy viloyatidagi qishloq xo’jaligi va sanoatga mos kasblarga yo’llash
DARS TIPI: Yangi bilim, tushunchalar hosil qilish
DARS USULI VA USLUBI: Aqliy hujum, guruhlarda ishlash
DARSNING BORISHI: I. Psihologik holat
yaratish:
Salomlashish
Darsga tayyorgarlik
II. Dars rejasi:
Uy vazifasi nazorati(aqliy hujum)
Mavzu bo’yicha tushuncha berish
Mavzuni turli xil usullar bilan mustahkamlash
DARS YAKUNI: 1. Baholash 2. Uyga vazifa
Mehnat sharoitlari bo’yicha kasblar klassifikatsiyasiyasiga ko’ra, Kasblar to’rtga guruhga bo’linadi:
1. Odatdagi (“maishiy”) mikroiqlim sharoitidagi mehnat (odatiy sharoit). Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o’qituvchi va boshqalarni mana shu kasb guruhiga kiritish mumkin.
2. Harorat, namlik keskin o’zgartib turuvchi ochiq havoda ishlab bilan bog’liq bo’lgan mehnat (o’zgaruvchan sharoitda). Quyidagi kasblar bunga misol bo’la oladi: quruvchi, o’t o’chiruvchi, mirob va boshqalar
3. Odatda tashqari mehnat: (noqulay sharoitda) yer ostida, suv ostida, balandlikda, havoda, qaynoq sexlarda, sog’liq uchun muqarrar zararli ta’siri bo’lgan sexlarda ishlash noqulay. Bunday kasbga misollar: uchuvchi, shaxtiyor, g’avvos va boshqalar.
4. Odamlarning sog’ligi, hayoti uchun, katta-katta jamiyat boyliklari moddiy ne’matlar uchun oshirilgan ma’naviy ma’suliyat bilan bog’liq bo’lgan mehnat (ma’suliyatli sharoitda). O’qituvchi, vrach, militsiya inspektorlari, texnika xavfsizligi muandislari va boshqa kasblarni mana shu kasb guruhiga kiritish mumkin.
Yuqorida keltirib o’tilgan kasblarning mehnat sharoitiga qarab bo’linishi bu albatta, shartli bo’linishdir. Ko’p hollarda bir xil kasbdagi kishilarning mehnati turlicha sharoitda kechadi. Shuning uchun bunday vaqtlarda o’sha sharoitlarning eng asosiylarini hisobga olishga to’g’ri keladi.
5. Kasb tanlash formulasi piramidaning to’rtda qavati to’ldirilgan. Beshinchisi hozircha bo’sh qoldirilgan. Bu yerga o’zingiz tanlagan kasbning bir nehca harfdan iborat bo’lgan formulasi-shartli belgisini yozib qo’yishimiz kerak. Bu harflar siz yoqtirgan kasbning tipiga, turkumiga, bo’limiga, guruhiga muvofiq keladi.
Masalan, siz o’simliklar bila ish olib borishni xoxlaysiz, deylik. Siz qo’l mehnatini yengillashtiradigan ish qurollaridan foydalanib faol ravishda o’zgartuviruvchanlik faoliyati bilan mashg’ul bo’lasiz. Lekin bunda o’z mehnatingiz kundalik oddiy, maishiy sharoitlarga yaqin bo’lgan bir vaziyatda kechishini istaysiz. Bunday vaqtda siz tanlagan kasbning formulasi shunday bo’ladi. (“Odam-tabiat” tipidagi kasb, o’zgartiruvchi kasblar guruhidan, qo’l mehnati ishlatirladigan kasblardan, mehnat sharoiti-maishiy). Mana shu yo’nalishda olib borilgan aniq maqsadni ko’zlovchi izlanishlar mashg’ulotning aniq turini topishga yordam beradi: masalan, ushbu formulaga tevarak-atrofdagi iqlimdan himoya qilingan tuproq sharoitida (teplitsiya xo’jaligida) ishlovchi meva-sabzavotni (gulchi) kasbi to’g’ri keladi. Siz endi yaxshi bilasizki, har qanday kasbni muayyan klassifikatsiya turiga faqat shartli ravishdagina kiritish mumkin. Amalda esa bir kasbning o’sha klassifikatsiyasining bir necha turiga tegishli ekanligini ko’rsatuvchi misollar juda ko’p. Axir bir tipga mansub bo’lgan har qanday kasbda albatta, boshqa kasbga xos bo’lgan belgilar ham uchraydi. Hamma gap shundaki mana shu o’xshash jihatlarning qaysilari asosiy belgilar-u, qaysi biri ikkinchi rejaga olinishini, lekin baribir muhim belgi bo’lib qolishini aniqlab olish kerak. Shularning hammasini formulada hisobga olish mumkin. Buning uchun unga qo’shimcha xarfli indekslar kiritish lozim. Masalan, siz o’zingiz xoxlagan bo’lg’usi kasbingizda T-t va B-o tipiga xos belgilar bo’lishini istaysiz. Bunda sizga yoqadigan kasblarning biri- gulchilik yoki direktorlik bo’lib chiqadi.
Mustahkamlash:
Uyga vazifa: Mavzuni o’rganib kelish.
Dostları ilə paylaş: |