Darsda foydalaniladigan metodlar: An’anaviy
Darsda foydalaniladigan jihozlar: tarqatmali materiallar
Darsning tarkibi
Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlsh, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash,
O’tilgan mavzuni takrorlash
1.Kadrlar tayyorlash bosqichlarini sanab bering
2. Akademik litseylar haqida ma’lumot bering
3. Ta’lim turlarini ayting
4.KHK haqida ma’lumot bering
5.Bakalavriyat va magistratura haqida ma’lumot bering
Yangi mavzuning bayoni
Menejment — bu mehnat, aql-idrok, qobiliyat, tajriba va malakalarning ishga solgan holda maqsadlarga samarali erishishni tashkil etish, boshqarish.
Oddiy tashkilot ichidagi innovatsion jarayon — yangilikning tashkilot ichida yaratilishi va uning o‘zida qo‘llanilishi.
Personalni boshqarish (personal menejmenti) — korxona, firma darajasida ishchi kuchi potensialining normal rivojlanishi, amal qilishi va undan samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimi.
Menejment — bu mehnat, aql-idrok, qobiliyat, tajriba va malakalarni ishga solgan holda maqsadlarga samarali erishishni tashkil etish, boshqarishdir.
«Ishlab chiqarish menejmenti»ning predmeti bo‘lib korxona, alohida tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini o‘rganish hisoblanadi. Ishlab chiqarish menejmentining maqsadi oliy, o‘rta va quyi darajadagi bo‘lajak boshqaruvchi menejerlarni korxona ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat
Menejer yuksak axloqiy, ishchan sifatlarga ega kishidir. Ular o‘z manfaatlarini jamiyat va jamoa manfaatlari bilan birga uyg‘unlantiruvchi, ahil jamoani tuza oluvchi kishilardir. Zamonaviy menejer yuksak kasb egasi, uzoqni ko‘ruvchi, tejamkor, iqtisodiy toza fikrlovchi bo‘lishi kerak. Menejerlarni tayyorlashga kompleks yondashish, uning o‘quv dasturlarida zamonaviy ishlab chiqarish, boshqarish asoslari kerak.
Korxona o‘z kadrlarining yuksak kasb mahorati va ma’naviyati ustida tinmay g‘amxo‘rlik qilishlari lozim. Kadrlar bevosita ishlab chiqarish jarayonida, o‘quv uslubiy bazaga ega o‘quv yurtlarida, biznes va menejment maktablarida tayyorlanadi. Qonun doirasida ishlab turib o‘qishga, imtiyozlar berishga sharoit yaratish kerak.
Menejer mehnati korxona tuzilmalari haqidagi nizom va boshqaruv apparati xodimlarining mansab yo‘riqnomasi asosida yuritiladi. Nizom va mansab yo‘riqnomasida (kim, qanday ishni bajaradi) xodimlarni ma’muriy va funksional munosabatlari, quyidagi yuqoriga yagona boshqaruv, huquq va burchlar ro‘yxati belgilab beriladi.
Nizom va mansab yo‘riqnomasini davriy ravishda bo‘layotgan o‘zgarishlar hamda ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvga moslab o‘zgartirishlar kiritib turish lozim. Menejer mehnatini yanada takomillashtirish uchun bundan tashqari xodimlarning ta’rif — malaka ma’lumotnomasidan foydalaniladi. Ta’rif — malaka ma’lumotnomasidan rahbar xodimlarining turli boshqaruv ishlarini amalga oshirish uchun kerakli mehnat staji, bilim hajmi aniqlanadi. Kundan-kunga ortib borayotgan axborot oqimi menejer mehnatini kompyuterlashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Mutaxassislar hisoblariga ko‘ra, agar boshqaruv apparati kompyuterlashtirilsa, 80 foiz ish mexanizatsiyalashadi.
Menejer mehnatining samarasini oshirish yo‘llaridan yana biri uning ishchi o‘rnini rejalashtirish, yaxshilashdadir. Ishchi o‘rinlarini tashkil etishda, bajarilayotgan mehnat turi, o‘ziga xosligi, ishlab chiqarish bo‘limlaridagi funksional aloqa, ishni ahamiyati va boshqalar kiradi.
Stol, stul, kartotexnika, uskunalar qulay va shinam bo‘lishi lozim. Ergonomika, estetika, ruhiy fiziologiyaning eng oxirgi yutuqlari bilan jihozlangan ishchi o‘rni menejer ishini sezilarli oshiradi. Menejer mehnatini tashkil etishda ular ishlayotgan sharoit katta ahamiyatga ega. Temperatura, havo namligi, ishchi o‘rnining yoritilganligi, shovqin sanitar-gigiyenik me’yorlarga javob berishi kerak. Menejer mehnat unumdorligiga xodim va rahbarlar orasidagi ruhiy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Bular kayfiyat, ijodiy faollik va pirovardida mehnat natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Menejer mehnatining murakkabligi, rang-barangligi undan vaqtni tejashni, unumli foydalanishni talab etadi. Menejer boshqalar hal eta olmagan masalalarni hal etishi, huda-behuda begona masalalardan yiroq bo‘lishi lozim. Uning mehnat faoliyati yaxshi dam olish bilan hamohang bo‘lishi darkor
Korxona, firma mahsulot yoki tovar ishlab chiqarish, raqobatning doimiy normalari asosida shu korxonalarning texnik-tashkiliy va ijtimoiy rivojlanishida bozor va uning segmentatsiyasini o‘rganish natijalari bo‘yicha firma yoki korxona strategiyasi ishlab chiqiladi. Biznes-reja yoki firma strategiyasi sifati bilan aniqlanadi. O‘z navbatida biznes-reja va korxona strategiyasi sifati qo‘llaniladigan ilmiy-rejaviy yondashuvlar va rejalashtirish tamoyillari asosida aniqlanadi.
Rejalashtirish tamoyillariga quyidagilar kiradi:
I. Strategik va joriy rejalarning tatbiq qilinishi (qo‘llanilishi).
II. Rejaning ijtimoiy mo‘ljalga yo‘naltirilganligi.
III. Rejalashtirish obyektlarining muhimligiga qarab joylashtirish.
IV. Rejali ko‘rsatkichlarning haqiqiyligi.
V. Menejment sistemasi tashqi muhiti parametrlari bilan rejaning muvofiqligi.
VI. Rejaning ko‘p variantlar asosida bittasini tanlash.
VII. Rejaning balanslar bo‘yicha tayyorlanishi.
VIII. Rejaning iqtisodiy asoslanishi.
IX. Rejalashtirish sistemasini avtomatlashtirish.
Menejment sistemasi tashqi muhit parametrlari bilan rejaning muvofiqligi — tashqi muhit omillari dinamikasi tahlili va bu omillarning rejali ko‘rsatkichlarga ta’sirini izlanishni ta’minlaydi. Menejment sistemasi tashqi muhit komponentlariga quyidagilar kiradi:
— makromuhit infrastrukturasi;
— korxona yoki firma mikromuhiti.
Makromuhit mamlakatning turli rivojlanish sohalari bilan xarakterlanadi. Ularga quyidagilar taalluqli: xalqaro soha, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, huquqiy, ekologik, tabiiy, iqlimiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy sohalar kiradi.
Hudud infrastrukturasi — firma yoki korxona joylashganligiga qarab hudud infrastrukturasi, shu firma yoki korxonaning faoliyati samadorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak infrastruktura tarmoqlariga quyidagilar kiradi:
1. Bozor infrastrukturasi (banklar, sug‘urta va moliya tashkilotlari).
2. Tabiiy atrof-muhit monitoringi.
3. Sanoat.
4. Qurilish, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, transport va aloqa, uy-joy kommunal xo‘jaligi, maishiy xizmat ko‘rsatish, shahar atrofidagi qishloq xo‘jalik.
Mikromuhit omillari: raqobatchilar, keng auditoriyalar, marketing vositachilari, tashqi iqtisodiy faoliyat va soliq sistemasi bo‘yicha qonunchilik.
Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish, hayotga tadbiq etish va nazorat maqsadida aniq, dolzarb ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va undan marketing sohasida foydalanish maqsadida tarqatish uchun mo’ljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning muntazam faoliyat ko’rsatuvchi o’zaro aloqalar tizimi; 2) marketing sohasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va etkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar majmui.
Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari bo’yicha) aks ettirilgan ko’rsatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo’limi. Marketing byudjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g’oyalarni izlab topish, tanlash va ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog’liq xarakatlar va bosqichlarning tartibga solingan majmui.
Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muxit bilan o’zaro aloqalari jarayonida sub’yektlar (jo’natuvchi va qabul qiluvchi), vositalar, kanallar, to’g’ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining taxriri) aloqalar majmui; 2) insonlar o’rtasidagi o’zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g’oyalari tizimi. Atrofdagi aniq xolatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo. Tovar, ijtimoiy va servis konsepsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo’lgan marketing tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun marketing tizimi sub’yekt va ob’yektlariga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini bajarishning ko’rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko’plab variantlari orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko’rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.
Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing resepti, undan foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muxitdagi o’zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko’rsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida (4R:Rroduct, Price, Plase, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o’tkazishni talab qiladi.
Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni o’stirish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo’yicha o’zaro aloqalar jarayonida marketing tizimi sub’yektlari xulq-atvorini ko’rsatish, sifat va sonlar jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat ko’rsatish va rivojlanishda marketing muxiti va sub’yektlarining funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitasiya, regressiya, korrelyasiya va x.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx xosil bo’lish modeli, reklama modeli va x.k.).
Marketing o’zaro aloqalari - 1) xizmat ko’rsatish tadbirkorligining tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor sub’yektlari bilan aloqalarni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va resurslarni qamrab olishga yo’naltirilgan istiqbolli konsepsiyasi. Mijoz bilan uzoq muddatli o’zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomonlar maqsadlarini qondirishga yo’naltirilgan konsepsiya; 2) bajarish ma’suliyatini taqsimlash va kengaytirish tamoyillari bo’yicha marketingni tashkil etish usuli.
Marketing operasiyalari tadqiqoti - 1) marketing qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasturlashtirish, o’yinlar nazariyasi, qarorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va xokazo) yig’indisi; 2) “boshqa usullar yordamida bundan ham yomon javob beriladigan amaliy savollarga yomon javob berish san’ati” (T.A.Saati, operasiyalar tadqiqoti sohasidagi amerikalik mutaxassis)
Marketing rejasi - belgilangan marketing maqsadlariga erishishda yordam berishi kutilayotgan chora-tadbirlarning ketma-ketlikda detalli ravishda ifodalanishi.
Marketing salohiyati (potensiali) - 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi; 2) tovar, narx kommunikatsiya va savdo siyosati, talabni o’rganish sohasida samarali marketing tadbirlarini rejalashtirish va o’tkazish xisobiga marketing tizimining korxonnaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy va ijtimoiy kon’yunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.
Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o’tkazish, marketing axborotlarini izlab topish uchun rasional rejalarni ishlab chiqish. Qo’lda yoki axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin; 2) marketing tadqiqoti sub’yektlari xulq-atvorining o’zgarish xolatlarini o’rganish va bashorat qilish bo’yicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi - bozor muxitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha o’zaro uzluksiz aloqada bo’luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o’z ichiga quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma vositachi firma, iste’molchi (bozor).
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing xujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining xolati va xulq-atvori to’g’risidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saqlashni tashkil etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi quyi tizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menedjmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov berish, sistemalashtirish va ularni “iste’mol uchun tayyor” axborotga aylantirish.
Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing xarajatlari belgilab qo’yilgan holda tovar va xizmatlarga talabni takror ishlab chiqarishni to’xtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko’rsatkichi; 2) marketing tizimi faoliyatining sifat ko’rsatkichi; 3) marketing tizimi sub’yektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida o’zaro aloqalari natijaviyligining kompleks ko’rsatkichi.
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning hosil bo’lishi, tovarni etkazib berish, marketing razvedkasi, benchmarketing va x.k.) bilan bog’liq faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha bo’g’inlarida marketing vositalari va falsafasini qo’llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qayerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har qanday faoliyat.
Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing faoliyatining oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob beruvchi nisbatan ko’p turli (marketing jarayonining barcha bosqichlari bo’yicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog’liq xarajatlar qaytimi, natural yoki qiymat (narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha (moddiy-texnik mexnat va xokazo) resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab chiqarish bo’yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sarf va chiqimlar yig’indisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo’limi xodimlari maoshi, amortizasion ajratmalar, marketing bo’limining normal faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) samaradorlik ko’rsatkichi natural va qiymat shaklida o’lchanadi.
Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub’yektlarining nafaqat ikki tomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko’p tomonlama o’zaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar o’zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurslar o’zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi buziladi degan fikrni olg’a suradi. Marketing tarmog’i a’zolari o’rtasida resurslar ayirboshlash “qaramlik” va “hokimlik” manbai xisoblanadi. Marketing tarmog’i uchta o’zaro bog’liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi.
Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2) marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing resepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturi.
Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni sotish hajmining o’sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing strategiyaisi tanlash bilan bog’liq jarayon.
Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari - markazlashtirish, desentralizasiya va moslashuvchanlikni modifikatsiya qilishga asoslangan marketing xizmati asosiy bo’linmalarining o’zaro xarakatlari sxemasi turlari. Funksional, mahsulot, bozor va matritsa strukturalari va ularning modifikatsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |