Yangi mavzuning bayoni:
Mashinasozlik oldindan rivojlangan indusrial rayonlar uchun birinchi navbatda yuksak texnik madaniyat, malakali kadrlar va qulay transport geografik sharoitga ega bulgan rayonlar uchun xosdir. Bunga chetdan keliriladigan metall asosida ishlaydigan avtomabilsozlik, priborsozlik, stanoksozlik, elektrov a radio texnika, elektronika va boshqa qimmatbaxo maxsulotlar ishlab chiqariladigan korxonalar kiradi.
mashinasozlikdagi texnologik jarayonlarda 2 bosqini mavjudligi harakterlidir. Mexanik ishlov berish va terish, shuningdek kimyo va boshqa ishlab chiqarish tomonidan qo’shniligi ma‘lum.
To’qimachilik ishlab chiqarish bir tomondan mahsulotni qilish rayonlarda, tarixiy transport geografik joylashishi, mehnat resurslarining va boshqa resurslarni hisobga olgan holda rivojlanadi. Markaziy Osiyo respublikalarida ikkinchi tomondan xom ashyo manbalari yonida yangi tekistil ishlab chiqarish rayoni O’rta Osiyo va Zakavkazeda mavjud. Bunga tolalli xom ashyoga birlamchi ishlov berish (xom ashyo resurslari mavjud bo’lgan rayonlarda), ip yigiruvi, to’qimachilik va matolarga ishlov berish, tugmakotaj va tikuv mahsulotlarni ishlab chiqarish kiradi. Shuningdek uning tarkibiga kimyoviy tolalarni, buyoqlarni ishlab chiqarish va ixtisoslashgan mashinasozlik kiradi.
Mamlakatning dengiz, ko’llar va maxsus baliq xo’jaliklarida rivojlanmoqda. Bu tsiklini harakterli xususiyati-baliqni tutish va uni qayta ishlash bilan turli xizmat ko’rsatadigan ishlab chiqarish bilan qo’shiladi.
Industrial-agrar Qishloq xo’jalik va ishlab chiqarish o’rtasidadir. Chunki o’z ichiga qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash va 2-tomondan qishloq xo’jaligi orqali kerakli mashinalar va ximikatlar bilan xizmat ko’rsatadigan korxonalarni oladi, tolali xom ashyoni qayta ishlash jarayonida bu tsikl tekistel ishlab chiqarish bilan birlashadi.
Kapital qurilish xalq xo'jaligining muhim tarmog'i bo'lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo'ljallangan asosiy fondlarni kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Kapital qurilishning asosiy vazifasi fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish hamda uy-joy binolari, kommunal-maishiy va sotsial-madaniy maqsadlarga mo'ljallangan obyektlar qurish negizida mamlakatimizning ishlab chiqarish potensialini yuksaltirishdan iborat.
G'isht terish va yig'ma temir-beton konstruksiyalarni montaj qilish qurilish-montaj ishlari umumiy hajmining katta qismini tashkil etadiki, bu ishlarni bajarish uchun malakali ishchi kadrlar kerak bo'ladi. Hozirgi ishchilar o'z mahoratlarini doimo takomillashtira borishlari va nazariy bilimlarini orttirishlari lozim, chunki mehnat unumdorligini oshirishning asosiy sharti ana shudir.
Binolar deganda, turli mehnat faoliyatiga, dam olishga, daryo o'tkazishga va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yer usti imoratlari tushuniladi.
Turar joylar, maktablar, sanoat korxonalarining sexlari va boshqalar binolar jumlasiga kiradi.
Texnik maqsadlarga mo'ljallangan qurilishlarga: to'g'onlar, ko'priklar, domna pechlari, machtalar na shunga o'xshashlarga inshootlar deyiladi.
Quriladigan binolar va inshootlar o'z vazifasiga aniq mos kelishi va quyidagi talablarni qondirishi lozim:
funksional talablar – texnologik jarayonni tegishlicha tashkil etish, sanitariya-gigiyena va boshqa ekspluatasion sharoitlar yaratishni o'z ichiga oladi;
texnik talablar – xonalarning tashqi muhit ta'siridan himoyalanishini, yetarlicha mustahkam, turg'un, uzoqqa chidaydigan, o'tga chidamli bo'lishini hamda nagruzkalar (og'irlik, bosim) ta'siriga qarshilik ko'rsata oladigan bo'lishini ta'minlaydigan talablar;
arxitektura (me'moriy) talablari – bunda qurilish materiallarini oqilona tanlash, ishni sifatli bajarish, bino yoki inshootni atrof muhit bilan uyg'unlashtirish va hokazolar hisobiga uning tashqi ko'rinishi bilan bajaradigan vazifasining o'zaro muvofiqligini ta'minlash ko'zda tutiladi;
iqtisodiy talablarda bino va inshoot qurishda mehnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallarini hamda vaqtni tejash ko'zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |