Fan: Mehnat ta’limi



Yüklə 370 Kb.
səhifə7/24
tarix02.01.2022
ölçüsü370 Kb.
#38949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
2 5217927459780952375

Kinematik juftlik deb, ikkita zvenoning o’zaro qo’zg’aluvchan birikmasiga aytiladi. Kinematik juftlik orqali bir zvenodan boshqasiga kuchlar uzatilib, tikuv mashinalarining ishga yaroqliligi va ishonchli ishlashi ko’p jihatdan ta`minlanadi. Nis­biy harakat natijasida kinematik juftliklarda ishqalanish vujudga keladi, juftlikning o’zaro urinuvchi yoki birikkan yuzalari zo’riqqish holatida va eyilish jarayonida bo’ladi.

Zveno – bitta detal yoki bir-biri bilan ko’zg’almas bog’­langan detallar yig’indisidir. Yetakchi va etaklanuvchi zvenolardan tuzilgan zvenolar harakatini aniqlovchi kinematik juftlar tarkibidagi mexanizmlar mos holda tekislikdagi va fazodagi turlarga bo’linadi. Zvenolarning hamma nuqtalari parallel tekislikda ha­rakatlansa, tekislikdagi mexanizmlar harakatlanuvchi nuqtalari tekis bo’lmagan traektoriyalar chizsa yoki o’zaro kesishuvchi tekisliklarda joylashuvchi traektoriyalarda harakatlansa, bunday mexanizmlar fazoviy mexanizmlar deyiladi.

Mexanizmlarning quyi va oliy juftlikli bo’ladi. Quyi juftlikli mexanizmga tikuv mashinalarida eng ko’p qo’llanilgan krivoship polzunli igna mexanizmi misol bo’la oladi. Oliy juftlikli turlariga tashqi ilashmali, ichki ilashmali, konussimon, kirmaksimon tishli uzatmalar kiradi

Fazoviy strukturaviy sxemalar, asosan, mexanizm elementlarini shartli belgilar yordamida ko’rsatish orqali diametrik proektsiya ko’rinishida chiziladi. Sxemalar tekislikda va fazoviy koordinatalarda bajariladi. Tekislikdagi uncha murakkab bo’lmagan mexanizm sxemalari aksionometrik chizmachilik qoida­lariga ko’ra chiziladi. Agar strukturaviy sxema me­xanizm parametrlariga mos ravishda bajarilsa, uni kinematik sxe­ma deyiladi. Kinematik sxemalar mexanizmlarni kinematik sintez va analiz qilishda qo’llaniladi. Strukturaviy yoki kinematik sxema­lar mashina va mexanizmlarning ishlash printsiplari hamda konstruktsiyalarini o’rgangandan so’ng tuziladi. O’rganilayotgan mexanizm zveno va kinematik juftlarga ajratilib, sxemasi etak­chi zvenodan boshlab tuziladi. Krivoship shatunli igna mexanizmining kinematik sxemasini chizishdan oldin

Elektron hisoblash texnikasi moddiy ishlab chiqarishning hamma sohalariga aktiv kirib bormoqda va texnologiyani qayta qurishda, mehnat unumdorligini oshirishda va kishilarning ish sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ishlab chiqarishda EHM larda foydalanishning asosiy yo’nalishlari hisoblash ishlarini bajarish, axborotlarni saqlash va qayta ishlash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir.

Har qanday ishlab chiqarish sermehnat, ba’zan juda murakkab hisoblarni bajarish, masalan, yangi texnikani joriy qilishning, materiallarni yetkazib berish hamda tayyor mahsulotni jo’natish va hokazolarni eng ratsional rejimlari samaradorligini hisoblash bilan bog’liqdir. Ishlab chiqarishda hisoblash ishlarining hajmi va murakkabligiga qarab turli EHMlar bir sekundda bir necha milyard operatsiyani bajarish tezligida ishlaydigan super EHMlar, maxsus, kompyuterlar va mikroEHMlar qo’llaniladi.



EHMdan bilimlar xazinasi sifatida foydalaniladi. Bu xazinadan istalgan paytda qiziqtirgan savolga javob olish mumkin. Hozirgi EHM lar “xotirasiga” amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, yangi konstruktorlik yechimlari, materialllarning xossalalri, turli texnologik jarayonlarning rejimlari va hokazolar to’g’risidagi g’oyat xilma-xil ma’lumotlar joylanadi. Bu tadbir avtomatlasgan axborot-spravka sistemasini yaratish imkonini beradi.

60-yillardan boshlab sanoatda shartli ravishda ma’lumotlar deb ataladigan hisoblash-axborot sistemalaridan foydalinadigan bo’ldi. Bu sistemalar konstruktorlar, texnologlar va olimlarni ishlab chiqarishga oid hamda qator ilmiy masalarni hal qilish uchun zarur kompleks axborotlar bilan ta’minlaydi. Bunday vositalarni yaratishdan maqsad – sanoatning turli tarmoqlaridagi konstruktorlik va texnologik ishlarni axborotlar bilan ta’minlashdir.

Samolyotsozlikda, elektronikada, avtomobilsozlikda avtomatlashgan axborot-spravka sistemalaridan foyddalanish tajribasi ishlab chiqarishni ilmiy-texnik jihatdan tayyorlash harajatlarining ancha kamayishini, ishlanmalar muddatining qisqarishini ko’rsatmoqda.

Har qanday buyumning ishlab chiqarishdan oldin loyihalanadi: texnik topshiriq beriladi, chizmalar tayyorlanadi, hamma uzellar hisoblab chiqiladi, buyumning modelu yoki tajriba namunasi yasaladi, uni sinab ko’riladi. Loyihalash – yangi mahsulot yaratishning eng sermehnat qismi. Ba’zan loyihani ishlab chiqarish haddan tashqari murakkab bo’lib, uni tayyorlash muddati shunchalik cho’ziladiki, yangi buyum ishlab chiqarla boshlaguncha ma’naviy jihatdan eskirib qoladi. Mashina shularning hammasi mazkur sohada elektron hisoblash texnikasini taqqozo etadi.

EHMlarning hisoblash va axborot funksiyalarini birlashtirish imkoniyatlari avtomatik ravishda loyihalash sistemalarini yaratishga asos bo’ldi: EHM dastlabki hisoblashlarni bajaradi, konstruksiya variantlarini analiz qiladi, mavjud o’xshsash buyumlar bilan taqqoslaydi va va hokazo. EHMlar kompleksida tez yozadigan va chizadigan avtomatlardan foydalinadi, ular detallarning ishchi chizmalarini, montaj sxemalarini olish imkonini yaratadi.

Faqat EHM lar bazasida ishlab chiqarishni: buyumlarni loyihalash dastlabki bosqichlaridan toki tayyor mahsulotlarni chiarishgacha to’la, kompleks avtomatlashtirish problemasini hal qilish mumkin.



Yengil sanoatda va oziq –ovqat sanoatida pishirish va saqlash uchun foydalanilaniladigan texnologik jihozlar :

  • Elektr va gaz pechlar ;

  • Mikroto’lqinli pechlar

  • Sovutgich va muzlatgichlar

  • Ip yigirish mashinalari

  • kalavalash mashinalari

  • tikish va to’qish mashinalari...

Mustahkamlash uchun savollar

1.Texnika nima ?

2. Texnikaning turlarini sanab bering.

3.Yengil sanoatda qanday texnikalardan foydalaniladi ?




Yüklə 370 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin