Uyga vazifa: Mavzuni o’rganib kelish
Fan: Mehnat ta’limi
Darsning mavzusi: Yangi texnika va uning ifodalanishi.
Dars maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga yangi texnika va uning ifodalanishi, turlari haqida nazariy bilimlar berish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga texnik, iqtisodiy va mehnat tarbiyasi berish, estetik didni shakllantirish.
s) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning shaxsiy psixologik xususiyatlari diqqati va xotirasini rivojlantirish
Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi
Darsda foydalaniladigan metodlar: An’anaviy
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ko’rgazmali va didaktik materiallar :rasm va chizmalar
Darsning tarkibi
Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlsh, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash,
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Texnologik jarayon nima?
2.Mexanik usul nima?
3.Kimyoviy usul nima?
4.Biologik usulga misol keltiring.
5.Energetik usullar qayerda foydalaniladi?
6.Texnologik operatsiya nima?
Yangi mavzuning bayoni
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida xom ashyo etishtirishga asoslangan tarmoqlar tuzilishi va ishlab chiqarishning hududiy nomuvofiqligini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda iqtisodiyot timiziga xorijiy sarmoyani yanada kengroq jalb etish uchun jahon bozorida raqobat qila oladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda xorijiy investorlarning yanada faol ishtirokini ta`minlash lozim.
Yengil sanoatning tikuvchilik tarmog’ida zamonaviy dastgohlar o’rnatish, tugallangan texnologik jarayonni ta`minlovchi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish kerak.
Mustaqillik sharofati tufayli bugungi kunda tikuvchilik korxonalari yangi texnologik mashinalar va avtomatik tizimlar bilan jihozlanmoqda. Texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ishlab chiqarish malakalariga oshirilgan talablar qo’yadi Tikuv mashinalari, yarim avtomatlar, tayyorlov-bichish ishlarida qo’llaniladigan jihozlarni ishlatish, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishda amaliy yordam beradi.
Tikuvchilik korxonalarida vazifasi, koo’rinishi, ishlash printsiplari jihatidan bir-biridan farqlanadigan xilma-xil tikuv mashinalari qo’llaniladi. Tikuv mashinasi tikuvchilik buyumlarini tayyorlashda aniq bir texnologik jarayonni bajarishga mo’ljallangan bulib, bir-biri bilan kinematik juftlar orqali bog’langan, bir harakatni ikkinchi bir harakatga aylantirib beruvchi kinematik zanjirdan iborat bir necha mexanizmlardan tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: |