Musiqa o`qitish umumdidaktik prinsiplari 4. Musiqa materialining bolalar bilimi va malakalariga mosligi printsipi: 5. Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi printsipi: 1.Musiqa ta’limida ilmiylik, sistemalilik va davomiylik printsipi: 2.Darsda o’quvchilarning onglilik va aktivligi: Musiqa darslarida ko’rsatmalilik (ko’rgazmalilik)
Musiqa ta’limida ilmiylik, sistemalilik va davomiylik printsipi: Maktabda musiqa fani musiqashunoslik va pedagogikada qo’lga kiritilgan yutuqlarga tayanadi. Bu printsip o’quvchilarni hozirgi musiqa-pedagogikasida ilmiy asoslangan bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. Shubhasiz, musiqa pedagogikasida va amaliyotida mavjud barcha bilimlarni bolaga berishning iloji yo’q. Biz o’quvchiga asosan o’zbek musiqasining boy imkoniyatlaridan va umumbashariy musiqa asarlaridan ayrim namunalardan nazariy hamda amaliy bilim-malakalarni berish imkoniyatiga egamiz, xolos. Ana shu ilmiy bilimlar ta’limning mazmunini belgilovchi muhim hujjatlar, musiqa madaniyati fanidan dastur va darsliklarda o’z ifodasini topadi. Albatta, har bir dars o’zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi- musiqiy ta’lim-tarbiyada asosiy omildir.

Dars jarayonida o’quv materialining bolalar bilim va tajribasiga mosligi, bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to’g’ri o’rgatish, asarni bolalar fikriy qobiliyatiga mos tahlil etish va boshqalar- darsning ilmiylik printsipini tashkil etadi.
Ilmiylikni sistemaliliksiz amalga oshirish qiyin. Kuylash va tinglash uchun asarlarni bolalar bilim, malakalari aytim mashqlari darajasida xos tanlash va ularni soddadan- murakkabga, ma’lumdan-noma’lumga qarab o’zlashtirishni ta’minlash- sistemalilik demakdir.
Darsning har bir elementi, kelgusi mashg’ulotning mantiqiy davomi bo’lib, pedagogik maqsadlarni amalga oshirilishi esa davomiylik demakdir. Darsdagi predmetlar aro aloqa (adabiyot, tasviriy san’at, tarix) mazkur printsiplar asosida darsning unumli, samarali o’tishini ta’minlaydi.
Sistemalilik va davomiylik printsiplari, ilmiylik va bilimlarning bolalar uchun tushunarli bo’lishi printsiplari o’zaro uzviy bog’langan. Sistemalilik va davomiylik printsipiga qat’iy amal qilish natijasidagina o’quvchilar musiqa fanidan bilimlarga ega bo’lishlari mumkin. Demak, ilmiylik sistemalilik va davomiylik musiqa ta’limining mazmunini belgilovchi hujjatlarda ham o’qituvchi faoliyatida ham o’z ifodasini topadi. Bu printsipni amalda tadbiq etish ta’lim mazmunini takomillashtiradi, o’quvchilarning musiqiy o’quv faoliyatini aktivlashtiradi.