Fan: Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari ma’ruzachi: dots. G. M. Davronova



Yüklə 28,01 Kb.
səhifə7/8
tarix13.12.2023
ölçüsü28,01 Kb.
#175311
1   2   3   4   5   6   7   8
3 mavzu Mus o\'qitish met Умумдидактик мусиқий таълим тамойиллари

5. Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi printsipi: Mazkur printsipni amalga oshirishning eng asosiy sharti yuqorida bayon etilgan to’rtta printsipga jiddiy amal qilishdan iboratdir. Bilim va malakalarning chuqurligi, mustahkamligi va turg’unligiga erishish uchun ularning hayotiyligini ta’min etish lozim, ya’ni mazkur asar va uning ijro uslubi madaniy hayotimiz uchun zarur ekanligi haqida bolalarda ishonch hosil etish lozim

  • 5. Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi printsipi: Mazkur printsipni amalga oshirishning eng asosiy sharti yuqorida bayon etilgan to’rtta printsipga jiddiy amal qilishdan iboratdir. Bilim va malakalarning chuqurligi, mustahkamligi va turg’unligiga erishish uchun ularning hayotiyligini ta’min etish lozim, ya’ni mazkur asar va uning ijro uslubi madaniy hayotimiz uchun zarur ekanligi haqida bolalarda ishonch hosil etish lozim
  • Ikkinchidan, asarlar tanlashda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
  • a) asarning bolalar badiiy va axloqiy tarbiyasi uchun mosligi:
  • b) musiqa ta’limi, ya’ni bilim berilishiga bo’lgan xususiyati:
  • v) sinfdagi barcha bolalarni mazkur asarga qiziqtirish va ularni to’la o’zlashtirishiga erishish.
  • Darsda olinadigan bilimlar doirasi va malakalar majmui uchun musiqa darsi amaliyotidagi takrorlanish va qaytarish xususiyati (qo’shiqni jumlalarga bo’lib qaytarib-qaytarib o’rganish, keyingi darslarda kuylash, musiqa asarlarini qayta tinglash) muhim rol o’ynaydi. Shu bois musiqa darslarida o’quvchilar tomonidan daftar tutishga ham unchalik hojat yo’q, chunki barcha bilimlar asosan dars jarayonida olinadi. Kuylash va tinglash malakalari esa amaliy faoliyat jarayonida shakllanadi. Darsda olingan har bir yangi bilim elementi dars faoliyatida kuylanib o’zlashtiriladi va u keyingi dasrlarda keng qo’llanib doimiy bilim-ko’nikmaga aylanadi. Bu xususiyati bilan ham musiqa darsi boshqa fanlardan farq qiladi.

Ta’lim printsiplari o’zaro bog’langan, bir-birini to’ldiradigan didaktik kategoriyalardir. Respublika umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiya Kontseptsiyasi musiqa ta’limi mazmunini yanada takomillashtirish, uni hozirgi davr talablari asosida qayta isloh etish, musiqa ta’lim-tarbiyaning milliy asoslari bilan boyitish, o’quv dastur amallari va darsliklarida ortiqcha, ikkinchi darajali narsalarni chiqarib tashlash, musiqiy o’quv materialining bolalar uchun tushunarli bo’lishini ta’minlash kabi muhim tadbir-yo’nalishlar alohida qayd etib o’tiladi. Shu bois, o’qituvchi umumdidaktik printsiplar bilan bir qatorda musiqa ta’limining o’ziga xos printsiplarini ham yaxshi bilishi va ta’lim jarayonida unga qat’iy amal qilishi lozim.

  • Ta’lim printsiplari o’zaro bog’langan, bir-birini to’ldiradigan didaktik kategoriyalardir. Respublika umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiya Kontseptsiyasi musiqa ta’limi mazmunini yanada takomillashtirish, uni hozirgi davr talablari asosida qayta isloh etish, musiqa ta’lim-tarbiyaning milliy asoslari bilan boyitish, o’quv dastur amallari va darsliklarida ortiqcha, ikkinchi darajali narsalarni chiqarib tashlash, musiqiy o’quv materialining bolalar uchun tushunarli bo’lishini ta’minlash kabi muhim tadbir-yo’nalishlar alohida qayd etib o’tiladi. Shu bois, o’qituvchi umumdidaktik printsiplar bilan bir qatorda musiqa ta’limining o’ziga xos printsiplarini ham yaxshi bilishi va ta’lim jarayonida unga qat’iy amal qilishi lozim.
  • Biz yuqorida maktabda musiqa ta’limining umumdidaktik hamda o’ziga xos printsiplari bilan tanishib, ularning ta’riflari haqida muayyan tushunchalarga ega bo’ldik. Ta’lim printsiplari bir-biri bilan chambarchas bog’langan, bir-birini to’ldiradigan yahlit bir pedagogik hamda metodik talab bo’lib, ularga qat’iy amal qilish dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarni puxta musiqiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, musiqiy-ijodiy qobiliyatlari, imkoniyatlarini tobora kengaytirishga juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 28,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin